Toşkent viloyati Çirçiq şahri hokimi örinbosari 1 mln dollar olgan vaqtida qölga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Hokim örinbosari xizmat mavqeyidan foydalangan holda klaster şaklidagi savdo majmuasi taşkil etiş uçun 40 mln dollar miqdorida investitsiya kiritiş şarti bilan şahar hokimligi zaxirasidagi 20 gektar yer maydonini auksion savdoga çiqartirib, yutib beriş va 49 yil muddatga yerga egalik qiliş huquqini rasmiylaştirişda kömaklaşiş evaziga 2 mln dollar talab qilgan.

U oldindan 1 mln dollarni öz haydovçisi orqali olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda tezkor tadbirda uşlangan.

Juda köp miqdorda pora olgan hokim örinbosariga nisbatan JKning 210-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Unga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avvalroq Dehqonobod tumani hokimi örinbosari tezkor tadbirda qölga olingani, may oyida tezkor tadbirda uşlangan Xovos tumani hokimi sobiq örinbosari esa 7 yilga qamalgani xabar qilingandi.