Eron Rossiyaga tegişli raketa yordamida özining ikkita — Kowsar Kowsar va Hodhod nomli sun’iy yöldoşlarini orbitaga muvaffaqiyatli uçirdi, deb xabar beradi Associated Press agentligi.
Qayd etilişiça, Kowsar sun’iy yöldoşi RGB kameralari bilan jihozlangan bölib, uning oğirligi 15 kilogrammni taşkil etadi. Rangli suratga oliş uzoqligi 15 kilometrga, tasvirga oliş tezligi esa soniyasiga 6 ta kadrga teng. Sun’iy yöldoş yordamida olingan tasvirlardan qişloq xöjaligi, kartografiya va geodeziyada foydalaniladi. Sun’iy yöldoş taxminan uç yil işlaşi rejalaştirilgan.
Hodhod sun’iy yöldoşining oğirligi 4 kilogrammni taşkil etadi, u tört yilga yaqin xizmat körsatişi kerak. Uşbu apparat yordamida olingan ma’lumotlardan transport, logistika va atrof-muhit muhofazasida foydalaniladi. Hodhod’ning afzalligi çekka hududlar, jumladan, örmon va toğlarni qamrab olgan tor polosali internet (IoT) xizmatlarini taqdim etişidir.
Sun’iy yöldoşlarini orbitaga olib çiqqan «Soyuz» raketasi «Vostoçniy» kosmodromidan start olgan va foydali yukni töqqiz daqiqa içida orbitaga olib çiqqan. Raketa bortida, şuningdek, Rossiyaga tegişli bir neçta kiçik sun’iy yöldoşlar ham bölgani aytilmoqda.
2022 yilda Tehron buyurtmasi asosida yaratilgan Rossiya raketasi Eronning Khayyam nomli sun’iy yöldoşini, fevral oyida bölsa, Rossiya Pars-1ʼni orbitaga olib çiqqandi.
«Sun’iy yöldoşlarning uçirilişi Rossiya va Eron örtasida turli sohalarda hamkorlik kengayib borayotganidan dalolat beradi... Moskva va Tehron Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyonning Rossiyaga taşrifi davomida imzolanadigan keng kölamli strategik şeriklik bitimi orqali öz aloqalarini yanada mustahkamlaşni rejalaştirgan», — deyiladi xabarda.












