O‘zbekistonda suv omborlari to‘g‘onlari siljishi kosmik nazoratga olinadi
O‘zbekistonda suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tizimi joriy etiladi.

Foto: O‘zbekkosmos
“O‘zbekkosmos” xabariga ko‘ra, bu Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan bo‘lib, dambalarning siljish va cho‘kish dinamikasi “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan kosmik nazoratga olinadi. Amalga oshirilgan monitoring natijalari “Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish” elektron platformasiga integratsiya qilinadi.
Mazkur elektron platformada suv omborlari bo‘yicha kosmik monitoring natijalari, xususan, mavjud to‘g‘onlarning real holati, ulardagi siljish va cho‘kish ko‘rsatkichlari, to‘g‘onlarning seysmik mustahkamligi va favqulodda xavflilik darajasi kabi muhim ma’lumotlar jamlanadi. Jarayonlarni doimiy nazorat qilib borish maqsadida “Suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligi kosmik monitoringini o‘rganish komissiyasi” tashkil etiladi.
Bu chora-tadbirlar orqali suv omborlaridagi to‘g‘onlarning mustahkamlik va yaroqlilik holatini doimiy o‘rganib borish, ularda kuzatilishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldindan tahlil qilish va ulardagi ehtimoliy siljishlarni aniqlash imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijonda 7 yoshli bola chuqurligi 40 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketdi
Jamiyat | 15:52
-
Estoniya Rossiyani mamlakat havo hududini buzganlikda aybladi
Jahon | 15:19
-
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
Jamiyat | 14:39
-
AI markaziga aylanmoqchi bo‘lgan BAA, Putindan xafa bo‘lmagan Tramp va G‘azo bo‘yicha reja – kun dayjesti
Jahon | 14:29
Mavzuga oid

18:58 / 03.03.2025
Qashqadaryoda Qizilsuv suv ombori ta’mirlash maqsadida quritildi

19:01 / 22.02.2025
Nurek, Rog‘un va Qambarota-1 – dunyodagi eng baland to‘g‘onlar qayerda qurilgan?

12:06 / 17.01.2025
“O‘lim to‘lqini” – Italiyadagi Vayont to‘g‘onida nega suv toshgan edi?

13:35 / 15.01.2025