Avvalroq Qaşqadaryo va Samarqand viloyatlarini boğlovçi Taxtaqoraça dovonida ulkan xarsangtoş yumalab Sobalt maşinasini bosib qolgani va yöl yopilgani haqida xabar berilgandi.
Qaşqadaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati halokat tafsilotlarini ma’lum qildi. Unga köra hodisa bugun 2024 yil 6 noyabr kuni soat 15:45 larda sodir bölgan.
M-39 Toşkent-Termiz avtomobil yölining Kitob tumani «Qaynar» MFY hududidan ötgan qismida, Taxtaqoraça dovonidan Kitob-Samarqand yönalişida ketayotgan Cobalt maşinasini toğdan sirpanib tuşgan ulkan toş bosib qolgan.
Oqibatda, maşina içida bölgan uç nafar şaxs voqea joyida halok bölgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt’da haydovçi bilan birga uç nafar Vengriya fuqarosi bölgani va ularning törtovi ham halok bölgani haqida ma’lumotlar tarqatildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining xabar berişiça, halokat yuz bergandan söng voqea joyiga FVB qutqaruvçilari, YPX, Tez tibbiy yordam va boşqa tegişli taşkilotlar xodimlari yetib borib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etgan.
Taxtaqoraça dovonidan ötgan yöl hali oçilmagan. FVV xabarida yölning tez orada oçilişi aytilgan.












