5 noyabr kuni Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu mamlakat mudofaa vaziri Yoav Gallantni iste’foga çiqardi. Bu qaror noroziliklar tölqinini keltirib çiqardi: Gallant hukmron koalitsiyaning ultraöng millatçilarga qarşi tura oladigan mö’tadil qanoti yetakçisi hisoblanardi. Netanyahu mudofaa vaziri bilan ançadan buyon ziddiyatga borib yurgandi, uni işdan böşatiş bilan Bibi öz hokimiyatini mustahkamladi, kamida eng yaqin istiqbol uçun. Isroil tarixidagi eng öng bölgan hukumat esa yanada öngroq böldi.
Netanyahu avval ham Gallantni böşatib körgan edi. Bu yuz berganiga köp bölgani yöq, 2023 yil boşida sodir bölgandi. Lekin unda davr boşqa edi, Hamasning 7 oktyabrdagi hujumigaça ança bor edi. Öşanda Gallant Netanyahu hukumati tomonidan boşlab berilgan sud islohotiga qarşi çiqqandi. Yuz minglab odamlar har hafta Isroil şaharlarida bu islohotga qarşi namoyişlar ötkazib turgan, Gallant esa garçi Netanyahuning «Likud» partiyasi a’zosi bölsa ham, köpçilik uçun qahramon timsolida namoyon bölgandi. Boş vazir köp ötmay öz qarorini bekor qildi va Gallant vazir lavozimida qoldi.
Endi bu voqea takrorlanmasa kerak. Gallantni böşatiş töğrisidagi bayonotida Netanyahu şunday degan: «Harbiy holatda boş vazir va mudofaa vaziri örtasida töliq işonç har qaçongidan ham zarurroq. Agar kampaniyaning dastlabki oylari bizda bunday işonç bölgan va birgalik köp narsalarga erişgan bölsak, sönggi oylarda, afsuski, men va mudofaa vaziri örtasidagi işonçga putur yetdi».
Gallantning özi işdan böşaganidan söng Netanyahu bilan kelişmovçiligining uçta asosiy sababini sanadi. U Hamasning 7 oktyabrdagi hujumini suriştiruvçi davlat komissiyasi tuzişni talab qilgan. Töğriroği, armiya, maxsus xizmatlar va mamlakat siyosiy rahbariyatining 1200 ga yaqin isroillik ölimiga va 250 dan ziyod fuqarolar garovga olinişiga sabab bölgan xatolarini. Netanyahu esa bunday komissiya ayni damda mamlakat hukumati hamda harbiy rahbariyati işiga xalal bermasligi uçun uruşdan söng tuzilişi kerak, deb turib olgan.
Ikkinçi kelişmovçilik uruşning özi bilan boğliq. Gallant Hamas tomonidan Ğazo sektorida garovda uşlab turilganlarning ozod etilişi evaziga sulh tuzişga tayyor edi. Netanyahu esa vositaçilar (Qatar, Misr va AQŞ) muzokaralarda taklif etgan şartlarni birin-ketin rad eta boşladi — bu garovdagilarni ozod qiliş bilan birgalikda, uruş olib borişning boş maqsadlaridan biri edi. Gallant va isroillik boşqa siyosatçilar bu maqsadlar bir-biriga zid ekanini köp takrorlab kelişgan.
Uçinçisi esa, aftidan, Netanyahu va Gallant örtasidagi hal qiluvçi kelişmovçilik xaredim (ultraortodoksal yahudiylar)ni armiyaga çaqiriş masalasi böldi. Turli baholaşlarga köra, bunday çaqiruv Isroil aholisining 10-15 foizini qamrab oladi va ular şu paytgaça armiyada xizmat qilişdan ozod etilgan. Bu ozodlik heç qanday qonun bilan mustahkamlanmagan, şunçaki xaredimlarga an’anaviy yengillik hisoblanadi.














