Özbekiston elçixonasida Gudjranvala Savdo-sanoat palatasi prezidenti Rana Muhammad Siddiq Xon bilan muzokara ötkazildi.
Muloqot çoğida ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada jadallaştiriş istiqbollari va Pokiston investitsiyalarini mamlakatimizga jalb qiliş masalalari muhokama qilindi.
Rana Siddiq Xon Özbekistonning Pokiston uçun muhim savdo hamkori sifatidagi ahamiyatini ta’kidlab, yaqin kelajakda turli sohalardagi biznes delegatsiyani mamlakatga yuborişga tayyorligini bildirdi.
Uçraşuv davomida ikki tomonlama savdo hajmini oşiriş va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş masalalari körib çiqildi.
Özbekiston diplomatlari mamlakat turli hududlarida, jumladan, Surxondaryo, Qaşqadaryo, Buxoro, Sirdaryo va Toşkent viloyatlarida jun va terini qayta işlaş, zaytun plantatsiyalarini taşkil etiş, töqimaçilik fabrikalari hamda boşqa korxonalarni oçiş böyiça takliflarni bildirdi.
Pokiston vakili yaratilgan imkoniyatlar va şaroitlar bilan tanişiş maqsadida taşkilotga a’zo işbilarmon doiralari vakillari bilan birga Özbekistonga safar qiliş istagini bildirdi.
Gudjranvala Savdo-sanoat palatasi tomonidan Islomobodda ötkaziladigan körgazmalarda Özbekiston delegatsiyalarining iştirokini işlab çiqiş, qöşma biznes-forumlar ötkaziş masalalariga e’tibor qaratildi. Uşbu tadbirlar mezbon mamlakatda Özbekiston iqtisodiy salohiyatini namoyiş etiş va investitsiyalarni faol jalb qiliş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratadi.

















