Rossiyada «çet el agentlari» va mamlakatni tark etganlarni daromaddan mahrum etiş taklif qilinmoqda. Tegişli taşabbusni Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin bildirdi. «Rossiyani uning fuqarolarini, maxsus harbiy operatsiya iştirokçilarini haqorat qiliş orqali yöq qilayotganlar mamlakatimiz hisobidan boyib ketmasligi kerak», — deb yozdi u 7 noyabr, payşanba kuni Telegramʼda.

Volodinning sözlariga köra, kelgusi hafta Davlat dumasi «çet el agentlari» intellektual faoliyat natijalari va brendlardan foydalangan holda oladigan mablağlarni tölaşning maxsus tartibi töğrisidagi qonun loyihasini körib çiqişni boşlaydi. Uning aniqlik kiritişiça, gap «fan, adabiyot va san’at asarlari, ijro va fonogrammalar, radio yoki televideniyedagi xabarlar, ixtirolar va tovar belgilari» haqida bormoqda.

Rubldagi maxsus hisoblar

Volodin aytganidek, ijodiy faoliyatdan olingan har qanday daromad rubldagi maxsus hisobga ötkaziladi, uning oçilişi «çet el agenti» uçun majburiy böladi. Pul mablağlarini boşqa yöl bilan oliş taqiqlanadi.

Davlat dumasi raisi, şuningdek, «çet el agentlari» deb tasniflanmagan, lekin Rossiyani tark etgan va u haqda salbiy gapiradigan rossiyaliklarni ogohlantirdi. «Çet el agentlari qatoriga kirmagan, ammo Rossiyaga nisbatan salbiy fikr bildirayotganlar bor, ular uçun biz ham mamlakatimiz hududida joylaşgan köçmas mulkdan, şuningdek, uni sotiş orqali boyib ketişni töxtatiş çoralarini körmoqdamiz», — dedi Volodin.

«Çet el agentlari» töğrisidagi Rossiya qonuni

Rossiyada rasmiylar «xorijiy ta’sir» ostida bölgan har qanday şaxsni «çet el agenti» deb e’lon qilişlari mumkin, uning ta’rifi qonunda juda noaniq. «Çet el agenti» böliş uçun hatto xorijiy manbalardan mablağ oliş ham şart emas.

Dastlabki «çet el agentlari» Rossiya Federatsiyasida ön yildan köproq vaqt oldin paydo bölgan. Öşanda rasmiylar gap faqat u yoki bu taşkilot xorijdan moliyalaştirilgani haqida jamoatçilikni xabardor qiliş haqida ketayotganini aytdi. Lekin qonunçilikka doimiy ravişda «çet el agentlari» zimmasiga yangi mas’uliyat yuklaydigan va ularni bevosita kamsituvçi özgartirişlar kiritilmoqda.

Masalan, 2022 yil oxiridan boşlab «çet el agentlari»ga davlat muassasalarida öqituvçilik qiliş, ommaviy tadbirlar taşkilotçisi böliş, şartnoma böyiça harbiy xizmatni ötaş, saylov komissiyalari a’zosi böliş taqiqlandi.