1917 yil. Hali Birinçi jahon uruşi davom etayotgandi. Bir tomonda Antanta harbiy ittifoqiga birlaşgan Britaniya, Fransiya va Rossiya, boşqa tomondan Germaniya, Avstriya-Vengriya imperiyalari bir-biriga qarşi jang qilardi.

1917 yil oktyabrda Rossiyada davlat töntarişi uyuştiriladi. Özlarini «sovetlar» deb atagan jinoiy töda xalqni öz tomoniga oğdiradi va muvaqqat hukumatni ağdarib taşlaydi.

Şundan söng sovetlar Birinçi jahon uruşidan çiqqanini e’lon qiladi va «duşman» Germaniya bilan sulh tuzadi. Boşqalar esa uruşni davom ettiradi.

Garçi Rossiya «öyindan çiqqan» bölsa ham bu Britaniya va Fransiyaga Germaniya ustidan ğalaba qozonişga xalal bermaydi.

Har ikki davlat qöşinlari 1917 yil oxirigaça Germaniya armiyasini Niderlandiya va Belgiya hududidan siqib çiqarişga muvaffaq bölişadi. Germaniyaning mağlub bölişi oydinlaşib qoladi.

Ana şunday vaziyatda Kanada hududida Antanta davlatlari uçun AQŞdan yoqilği va portlovçi moddalar olib kelayotgan kema boşqa bir kemaga urilib portlab ketadi.

Birinçi jahon uruşida Germaniya, Avstriya-Vengriya imperiyalari, Italiyadan iborat Uçlar ittifoqi va Rossiya, Britaniya imperiyalari hamda Fransiyadan iborat Antanta bir-biriga qarşi uruş olib borgan.

Hodisa

1917 yil 3 dekabr kuni Birinçi jahon uruşidan vayron bölgan Belgiya aholisi uçun Nyu Yorkdan humanitar yordam yuklagan Norvegiyaning «SS Imo» kemasi Kanadaning Halifaks portiga kiradi.

Bu port Yangi Şotlandiya provinsiyasida joylaşgan bölib, uni Bedford-Beysin böğozi suvlari yuvib turadi. Kema Halifaks portida böş joyiga kömir ortişi va 5 dekabr kuni yölga çiqişi kerak edi.

Kömir keçikib keladi va uni yuklagunça kema yölga çiqişga keçikadi va yana bir kun qoladi. 6 dekabr kuni «SS Imo» yölga çiqişga hozirlanayotgan paytda portga Fransiyaning «Monblan» harbiy kemasi yaqinlaşadi.

«Monblan» ham Nyu Yorkdan qaytayotgan edi va unga Fransiya armiyasi uçun öq-dori, yoqilği va boş mahsulotlar ortilgandi.

Fransiya kemasining uzunligi 97,5 metr, eni 13,6 metr, yuk kötariş quvvati 3 121 tonna edi. Öşanda unga: