9 noyabr kuni Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov boşçiligidagi sudyalar Advokatlar palatasi raisi Şuhrat Sodiqov va Özbekistonda faoliyat yuritayotgan advokatlar bilan oçiq muloqot ötkazdi.
Oliy sud matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, muloqotda himoya huquqi bilan ta’minlaş çoğida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yeçimlari, odil sudlovga erişiş borasida advokatlarning örni va rolini yanada oşiriş hamda sud majlislarida tortişuv tamoyiliga töliq rioya etilişiga doir masalalar muhokama qilingan. Şuningdek, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlaşga tösqinlik qilayotgan omillar va ularni bartaraf etiş borasida zarur taklif va mulohazalar bildirildi.

«Advokat» jurnali rasmiy telegram-kanalida uçraşuvda qatnaşgan yuristlar tomonidan muloqotda kötarilgan ayrim masalalarning tafsilotlari ham keltirildi.
Oliy sud raisi Baxtiyor Islomovning aytişiça, sudyalarda qat’iyat yetişmayapti. U advokat söroviga javob bermagan yoki yetarliça javob bermagan mansabdor şaxslar qolib iş yurituvçi, yordamçi kabi advokat söroviga javob qaytarişga vakolatli bölmagan xodimlar javobgarlikka tortilayotganini aytgan. «Haqiqiy aybdorni jazolaş uçun sudyalarimizda qat’iyat yetişmayapti», dedi Oliy sud raisi.
Oliy sud raisi respublikada sudya kadrlarga ötkir ehtiyoj yöqligini, har yili yetarliça sudya ştatlari oçilayotganini, biroq ularning malakasi hali talab darajasida emasligini tan oldi.
Şuningdek, Baxtiyor Islomov qamoqqa oliş ehtiyot çorasini qöllaş haqidagi iltimosnomalar sudlar tomonidan deyarli yoppasiga qanoatlantirilayotganini ta’kidlagan.

«Darvoqe, qamoq ehtiyot çorasi ommaviy (97 foiz hollarda) qöllanayotgani haqida gap ketganida Oliy sud raisi «izolyatorlar tölib ketgan»ini aytdi. Baxtiyor Islomovga köra, bunaqa holat ilk bor 2001 yilda kuzatilgan.
Öşanda vaqtinça saqlaş joylaridagi şart-şaroitni örganiş uçun idoralararo komissiya tuzilgan edi. Hozir ham öşanga öxşaş vaziyat bölyapti. Lekin muammo yangi tergov hibsxonalarini quriş bilan hal qilinmasligi kerak»,












