AQŞ Milliy kosmik agentligi (NASA) şifokorlari Boeing kompaniyasining Starliner kemasi nosozligi sababli Xalqaro kosmik stansiyada (XKS) 2025 yil fevraligaça qolişga majbur bölayotgan astronavt Sunita Uilyamsning vaznini oşirişga yordam berişga urinmoqda.
New York Post manbasiga köra, Sunita iyun oyida stansiyaga kelganidan beri ança ozib ketgan.
Sönggi olingan suratlarda u ozğin va holdan toygan, “yonoqlari içiga botib ketgan” holda körinadi, deb ta’kidlaydi naşr. “U juda ozib ketdi, faqat terisi va suyaklari qolgan”, — dedi NASA xodimlaridan biri.
Uning aytişiça, birinçi örinda şifokorlar Uilyamsning vazn yöqotişini barqarorlaştirişga yordam berişi, söngra qulay şaroit yuzaga kelganda, bu jarayonni orqaga qaytariş mumkin böladi.
NASA şifokorlari Uilyams bilan işlaşni taxminan bir oy oldin — fotosuratlar e’lon qilinişidan avval boşlagan, deyiladi NYP xabarida.
Metabolizm özgarişi sababli astronavtlar oddiy insonlarga nisbatan ikki barobar köp kaloriya iste’mol qiladi: faqatgina öz vaznini saqlab turiş uçun ularga kuniga taxminan 4 ming kilokaloriya kerak. Şifokorlarning aytişiça, Uilyamsga hozir 5 ming kilokaloriya zarur. Bundan taşqari, vaznsizlik şaroitida muşak massasi va suyak ziçligini saqlab qoliş uçun muntazam ravişda jismoniy maşqlar bilan şuğullaniş talab etiladi.
NASA tadqiqotlariga köra, kosmik sayohatlarning oqibatlari ayollar uçun “yanada oğirroq” böladi, çunki ular erkaklarga qaraganda tezroq muşaklarini yöqotadi.
Uilyams va uning hamkasbi Barri Uilmor 2024 yil 5 iyunda Boeing Starliner kompaniyasining birinçi kosmik kemasida Xalqaro kosmik stansiyaga uçib ketgandi. Ular XKSda bir hafta qolişi rejalaştirilgan edi, biroq nosoz qismlar va geliy sizib çiqişi sababli kemani stansiyadan uziş bir neça marta keçiktirildi.
6 sentabr kuni Starliner Yerga ekipajsiz qaytdi, astronavtlar XKSda qoldi. Ular 2025 yil fevral oyida Dragon kosmik kemasida SpaceX Crew-9 missiyasining boşqa ikki ekipaji bilan ortga qaytişi kerak.
















