Yaponiya janubi-ğarbida harbiy kemada yuz bergan yonğin oqibatida bir nafar ekipaj a’zosi jarohat oldi, yana bir kişi bedarak yöqoldi, deb xabar beradi Reuters.
«Ukuşima» minadan tozalovçi kemasi Kyusyu oroli sohili yaqinidan suzib ötayotganida, soat 09:40 larda yonğin sodir bölgan. Bir nafar ekipaj a’zosi tutundan zaharlaniş tufayli şifoxonaga yotqizilgan, yana bir kişi bedarak yöqolgan», — deyiladi xabarda.
Yaponiya özini özi mudofaa qiliş kuçlari ştab boşliği Akira Saytoning ma’lum qilişiça, barça ekipaj a’zolari, bedarak yöqolgandan taşqari, boşqa kemaga evakuatsiya qilingan. Hozirda yonğinni öçiriş işlari davom etmoqda.
Uning ta’kidlaşiça, yonğin kemaning maşina bölmasida yuzaga kelgan, portlaş ovozlari ham eşitilgan, ammo hozirça yonğin sababi aniqlanmagan. Holat yuzasidan tergov boşlangan va bedarak yöqolgan şaxs qidirilmoqda.
Eslatib ötamiz, 2023 yilda Rossiyaning yadroviy energiya qurilmasiga ega konteyner kemasida yonğin sodir bölgandi. Undan oldin esa Niderlandiya yaqinida bortida 3 ming avtomobil bölgan kema yonib ketgani töğrisida xabar berilgandi.
















