Dunyodagi eng yirik avtomobil işlab çiqaruvçi kompaniyalardan biri bölgan Toyota Motor Xitoy bozoridagi strategiyasini özgartirmoqda. Reutersʼning yozişiça, yapon kompaniyasi 2023 yilga borib Xitoyda 3 million donagaça avtomobil işlab çiqaradi.

Manbalarga köra, agar yiliga 3 million donagaça avtomobil işlab çiqariş rejasi tasdiqlansa, ösiş hajmi 63 foizni taşkil etadi. 2022 yilda Toyota Motor Xitoyda 1,84 millionta, 2023 yilda esa 1,75 millionta avtomobil işlab çiqargan. Yaponiya kompaniyasi ayrim yetkazib beruvçilarni işlab çiqarişni oşiriş rejasidan xabardor qilgan.

Bundan taşqari, kompaniya Xitoyda faoliyat yurituvçi menejerlarining mas’uliyatini kengaytirmoqçi — ular mahalliy bozorni yaxşiroq tuşunadi, iste’molçilar nimani xohlaşini biladi.

Reutersʼning qayd etişiça, gap Toyota Motor XXRdagi strategiyasini sezilarli darajada özgartirişi va yapon kompaniyasi oxirgi yillarda mahalliy işlab çiqaruvçilar, jumladan, BYDʼga berib qöygan bozordagi uluşini qaytarib olmoqçiligi haqida ketmoqda. Toyota strategiyasi Xitoyda faoliyat yuritadigan dunyodagi boşqa işlab çiqaruvçilarnikidan farq qiladi. Ular uşbu mamlakatda işlab çiqariş hajmini qisqartirmoqda yoki biznesini umuman olib çiqib ketyapti.

Ötgan hafta Toyota Motor joriy moliyaviy yilning uçinçi çorak böyiça natijalarini e’lon qilgandi, unga köra, sof daromad 55 foizga kamayib ketgan. Daromadning kamayişiga asosiy sabab — Osiyoda, ayniqsa, Xitoyda savdolar tuşib ketgani.