Özbekiston-Saudiya köp qirrali munosabatlarini yanada kengaytirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Şavkat Mirziyoyev suhbat avvalida Ar-Riyoddagi favqulodda sammit öz vaqtida taşkil etilgani va dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Turli darajalardagi faol muloqot va almaşinuvlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Özaro savdo va investitsiyalar hajmi, qöşma korxonalar soni oşib bormoqda.
“Yaşil” energetika, transport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, kommunikatsiyalar sohasida, qişloq xöjaligi, sanoatda yangi qöşma loyihalarni ilgari suriş masalalari körib çiqildi.

Bölajak oliy darajadagi tadbirlarga, şu jumladan 2025 yilda Samarqand şahrida bölib ötadigan “Markaziy Osiyo – Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi” muloqotining ikkinçi sammitiga tayyorgarlik körişga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv davomida Özbekiston yetakçisi fuqarolarimiz Haj va Umra ziyoratlarini ado etişlariga yaratilgan şaroitlar uçun Saudiya Arabistoni rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.
Mintaqaviy masalalar, jumladan, Yaqin Şarqdagi vaziyatni tinç yöl bilan hal etiş yuzasidan ham fikr almaşildi.

Avval xabar berilganidek, Şavkat Mirziyoyev Ar-Riyodga amaliy taşrifi doirasida navbatdan taşqari arab-islom sammitida nutq sözladi. Prezident, şuningdek, Saudiya Arabistoni energetika vaziri şahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud va investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihni qabul qildi.
Tadbirlar yakunlangaç, prezident Ozarboyjonga jönab ketdi. Mirziyoyev 12-13 noyabr kunlari Bokuda BMTning Iqlim özgarişi böyiça hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida qatnaşadi.












