“Qöşni mamlakatlar bilan Mintaqaviy iqlim strategiyasini hayotga tatbiq qilmoqdamiz. Şu kunlari Yevropaga “yaşil” energiya yetkaziş böyiça köp tomonlama bitimni imzolaymiz”, dedi Özbekiston rahbari.

Mirziyoyevga köra, Özbekiston “yaşil” energetika uluşini 40 foizgaça oşirişni reja qilgan.

Prezident sammit doirasida Yevropa kengaşi raisi Şarl Mişel bilan uçraşdi.

“Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi yangi bitimni tez fursatda qabul qiliş, şuningdek, "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" formatidagi birinçi sammitga tayyorgarlik körişga alohida e’tibor qaratildi”, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib ötamiz, Özbekiston, Qozoğiston va Ozarboyjon Yevropaga “yaşil” energiya eksportini yölga qöyiş borasida kelişib olgan. Ta’minot Kaspiy – Qora dengiz – Yevropa yönalişi böylab amalga oşiriladi. Şu maqsadda joriy yil may oyida uçala davlat öz energiya tizimlarini bir-biriga ulaş böyiça hamkorlik memorandumini imzolagan.

Hujjatga köra, iştirokçilar Kaspiy dengizi tubi böylab yuqori voltli kabel yotqiziş orqali energiya tizimlarini ulaş imkoniyatlarini örganadi. Bu borada texnik şartlar loyihasi işlab çiqilgan.

Avgust oyida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Özbekistonga davlat taşrifi bilan kelgan, tomonlar Özbekistondan Yevropaga “yaşil” energiya eksportini yölga qöyiş böyiça keng kölamli mintaqaviy loyiha ijrosini tezlaştirişga kelişib olgandi.

  • Ayni paytda Bokuda bölib turgan Şavkat Mirziyoyev Çernogoriya prezidenti Yakov Milatoviç, Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir va Yaşil iqlim fondi ijroçi direktori Mafalda Duerteni bilan ham uçraşuvlar ötkazdi.