Vengriya – gastronomik taassurotlar yurti

Vengriyaliklar o‘z oshxonasi va gastronomik an’analari bilan faxrlanishadi. Vengriya milliy oshxonasi taomlar turfa xilligi bilan Yevropada 3-o‘rinni egallaydi. Bu yerda ziravor va qo‘shimchalarni juda yaxshi ko‘rishadi (birgina paprikaning 7 xili bor, uni mahalliy aholi o‘z yerlari va plantatsiyalarida yetishtiradi).

Eng mashhur milliy taomlar: xolasle (venger baliq sho‘rvasi), bograch

(venger go‘shtli sho‘rvasi), lecho, gulyash, perkelt (juda quyuq gulyash), paprikash (paprika bilan tayyorlangan go‘shtli taom), langosh, palachinta 

alya Gundel (mashhur venger desserti) hisoblanadi. Har bir sayyoh bularni tatib ko‘rishi kerak.

Vengriyada 1999 yildan beri har yili Xalqaro Gulyash festivali o‘tkazib kelinadi. Bayramda mamlakatning eng yaxshi oshpazlari ochiq havoda katta qozonlarda xushbo‘y taomlar tayyorlab mehmonlarga tortiq qilishadi.

Festivalda dunyodagi eng katta gulyash (2,4300 l) tayyorlangan va buning uchun 19 nafar oshpaz va 40 nafar oshpaz yordamchilari 7 soat davomida pishirishgan. Taom uchun 700 kg mol go‘shti, 140 kg piyoz, 8 kg sarimsoq va 130 kg dan ortiq qizil qalampir ishlatilgan.

Bu yerda paprika mamlakatning yana bir gastronomik ramzi hisoblanadi. Vengriyadagi sovg‘alar uchun paprikani mato qoplar va chiroyli forfor idishlarda sotishadi. Paprika yog‘i ham noyob sovg‘a sanaladi. Shuningdek, pishloqlarning noyob turlari, turli mevalardan quritib tayyorlangan shedevr shirinliklar, milliy shirinlik – marsipan tatib ko‘rish va xarid qilishga undaydi.

Davlat poytaxti Budapeshtda ovqatlanish arzon – nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun mablag‘ tejashning hojati yo‘q. Shuning uchun ham sayyohlar bu yerni Yevropaning eng arzon turistik manzili sifatida qayd etishadi.