Taşrifdan közlangan asosiy maqsad Bavariya davlat boşqaruvi maktabi, Xanns Zaydel jamğarmasi va boşqa qator boşqaruv kadrlarni tayyorlaşga mas’ul muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş hamda Özbekiston davlat xizmatçilarining Germaniyada malakasini oşirişlarini taşkil etişdan iborat.
Özbekiston delegatsiyasi a’zolari safar davomida Bavariya davlat boşqaruvi maktabi direktori Xans-Kristian Vittxauyer bilan uçraşuv ötkazişdi. Unda ikki tomonlama akademik aloqalarni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Sönggi uç öquv yilida Davlat boşqaruvi akademiyasi va Bavariya davlat boşqaruvi maktabi hamkorligida taşkil etilgan 20 ga yaqin onlayn va offlayn öquv dasturlarida 1000 ga yaqin mamlakat davlat xizmatçilari iştirok etib, özlarining boşqaruvga oid bilimlarini Germaniya tajribasi asosida oşirdi.
Bavariya davlat boşqaruvi maktabi öquv işlari prorektori Raymund Xelfrix bilan keçgan muloqot çoğida esa "Hokimlikka tayyorlaş maktabi" bitiruvçilari stajirovkasi masalasi, şuningdek, mazkur dasturni 2025 yilda yanada takomillaştiriş masalalari xususida fikr almaşildi.
Davlat boşqaruvi akademiyasi delegatsiyasi, şuningdek, Xanns Zaydel jamğarmasining Xalqaro hamkorlik instituti direktori doktor Suzanna Lyuter bilan uçraşuv ötkazdi. Unda 2025 yil fevral oyida Akademiya tinglovçilarining Myunxenda stajirovkasini moliyalaştiriş imkoniyatlari va "Hokimlikka tayyorlaş dasturi"ni 2025-2026 yillarda taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.
Xanns Zaydel jamğarma "Demokratiya, tinçlik va taraqqiyot himoyasida" şiori ostida öz faoliyatini dunyo böylab olib boradi. Davlat boşqaruvi akademiyasi va Xanns-Zaydel jamğarmasi örtasidagi hamkorlik aloqalari 2019 yilda yölga qöyilgan. Hamkorlik faoliyatidagi asosiy e’tibor davlat boşqaruviga ixtisoslaşgan kadrlarni tayyorlaş, davlat xizmatçilari kasbiy kompetensiyalarini oşiriş, malaka oşiriş va stajirovka ötaşini taşkil etişga qaratilgan.












