Britaniya muzeyi öz tarixidagi eng qimmat sovğaga ega böladi — qiymati 1 milliard funt sterlingni taşkil etadigan Xitoy çinnilari muzey kolleksiyasidan örin oladi, deb xabar bermoqda BBC.
1,7 mingta buyum öz içiga oladigan jamlanma Xitoy tarixi bilan qiziqqan va uşbu davlat tilini yaxşi örgangan britaniyalik biznesmen Persival Devid fondi vasiylari tomonidan topşiriladi. U kolleksiyani butun umri davomida töplab, boşqalarni ham bundan ilhomlanişga undagan.
Devidning kolleksiyasi Xitoydan taşqaridagi eng noyob kulolçilik mahsulotlar jamlanmasi hisoblanadi — u 2009 yildan beri Britaniya muzeyida namoyiş etib kelinmoqda, ammo kolleksiya endi muzeyning mulkiga aylanadi.
Eng yorqin eksponatlardan biri — bu 1351 yilga tegişli «Devid vazasi»dir. Uni örganiş davomida kök-oq rangli kulolçilik namunalari qaçon paydo bölgani borasidagi sanalarga oydinlik kiritgan. Tovuq tasviri tuşirilgan idişdan esa imperator Çenxuaga (1465-1487) vino uzatişda foydalanilgan bölsa, Ju Yao çinnisi 1086 yilda Sun sulolasi saroyi uçun yasalgan.
Kolleksiyadagi ayrim buyumlar tez orada Xitoyning Şanxay muzeyi va Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyiga körgazma uçun vaqtinça yuboriladi.

















