Toşkent, Özbekiston — 16 noyabr — avvallari “Uzbekneftegaz” brendi ostida işlagan avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalari tarmoği CARVON deb qayta nomlanadi. Rebrending tarmoqqa yanada taniqliroq, zamonaviyroq va yorqinroq böliş imkonini beradi va yangi xaridorlarni jalb qilişda yordam beradi.

2024 yil mart oyida “Petroleum Technology Group” kompaniyasi UNG avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalari tarmoğining sohibi bölgani ma’lum bölgandi.

Reneyming va rebrending jarayoni bosqiçma-bosqiç ötkaziladi. Kelgusida mavjud AYoQŞlarni rekonstruksiya qilib, yangilarini quriş rejalaştirilgan. CARVON tarmoği dizel yonilğisi hamda Ai-80, Ai-92, Ai-95 va Ai-98/100 markali benzin sotib, bozorning barça segmentini qamrab oliş an’anasini davom ettiradi.

Yangilaniş yölida

Nom özgarilişi bilan birga kompaniyani Özbekiston yonilği bozorining yetkazib beruvçilari içida yetakçiga aylanişiga va yana köplab özgarişlar kutmoqda. Kompaniya sotib olingandan buyon, unda xalqaro boşqaruv standartlari bosqiçma-bosqiç joriy etilmoqda:

● sotilayotgan mahsulot va xizmat sifatining taşqi va içki monitoringini amalga oşiruvçi bölinma qayta taşkil etildi;

● töliq siklli avtomatlaşuv dasturiy majmuasini işlab çiqiş yölga qöyildi;

● yagona dasturiy majmuani amalga oşiriş doirasida ölçov va metrologik qurilmalar bilan töliq ta’minlaş yöli orqali rezervuar parkining moddiy-texnik holati optimallaştirilmoqda;

● yakuniy iste’molçiga sotilayotgan yonilği sifati va miqdori ustidan nazorat kuçaytirildi;

● xodimlarni qayta attestatsiyalaş, öqitiş va malakasini oşiriş ötkazilmoqda.

Şuningdek, kompaniya texnik audit taomilini joriy etdi, uning yakunlari böyiça tarmoqni texnik qayta jihozlaş reja-grafigi tuziladi va tegişli jarayon joriy etiladi.

Kelajakka rejalar

Bugungi kunda kompaniya motor yonilğisining işlab çiqarişdan to saqlaş va yakuniy iste’molçiga sotişgaça bölgan butun harakatlaniş bosqiçlarini nazorat qiladi. Biznes-jarayonlarni, jumladan AYoQŞ monitoringi va nazorati avtomatlaşgan tizimlari tufayli, avtomatlaştiriş ustida iş olib borilmoqda.