«Ertaga maydonga tushadiganlar o‘zini ko‘rsatishi vaqti keldi» – Katanets KXDRga qarshi o‘yin, tarkib va maydon muammosi haqida
JCh-2026 saralash bosqich 6-turi doirasidagi KXDR – O‘zbekiston uchrashuvi oldi matbuot anjumanida bosh murabbiy Srechko Katanets va milliy jamoa yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipov ishtirok etdi.

Foto: O‘FA
«Aytish mumkinki, so‘nggi uchrashuvdan keyin bizda bu bahsga tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarlicha vaqt bo‘ldi. To‘rt kun ichida futbolchilarning barchasi tayyorgarlikni davom ettirishdi. Faqatgina maydon masalasida bizda muammolar bo‘ldi. Chunki mashg‘ulot maydoni holati yaxshi emasdi. Shunga qaramay, bizni muhim o‘yin kutib turibdi va unda ijobiy natija qayd etish uchun barcha imkoniyatni ishga solamiz.
Saralashdagi barcha 10ta uchrashuvni yo‘qotishlarsiz o‘tkazishning iloji yo‘q. Shu sababli ertaga maydonga tushadigan futbolchilarning o‘zini ko‘rsatish vaqti keldi. Ular bu imkoniyatdan yaxshi foydalanishlari talab etiladi», - dedi Srechko Katanets.
Milliy jamoa yetakchisi Jaloliddin Masharipov esa, Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yin oldi matbuot anjumanida «hozir kichik muammolarga e’tibor beradigan vaqt emas», dedi.
«Ertangi o‘yinga tayyormiz. Ha, mashg‘ulotlarda maydon masalasida kichik muammo bo‘lib turdi, ammo hozir bunga qaraydigan payt deb o‘ylamayman. Bu yerga faqat uch ochkoni qo‘lga kiritish uchun keldik. Hozir oldimizdagi vazifa – g‘alaba.
O‘ylaymanki, uchrashuvga tayyormiz. Kuchli jamoamiz va mana shunaqa o‘yinlarda kuchli jamoalar sinovdan o‘tadi. Kuchli jamoamiz, buni bilamiz va bu masalada yigitlar bilan gaplashdik. Birinchi o‘yinni tezda esdan chiqargan holda bu o‘yinga tezroq e’tiborni qaratishimiz kerak. Nimaga deganda, ikkinchi o‘yin ham o‘shani o‘ylab o‘tib ketishni xohlamaymiz.
Kuchli jamoa hech qachon ketma-ket ikkita o‘yinni yutqazmaydi. Biz kuchli milliy jamoamiz va Xudo xohlasa ertaga buni ko‘rsatib, muxlislarni, hammani 3 ochko bilan xursand qilishga harakat qilamiz», - deydi Jaloliddin Masharipov o‘yin oldi matbuot anjumanida.
Avvalroq xabar qilinganidek, Eldor Shomurodov va Otabek Shukurov jarohat sababli Laosdagi bu bahsda jamoamizga yordam bera olishmaydi.
Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya – O‘zbekiston uchrashuvi ertaga, 19 noyabr, seshanba kuni soat 17:00da boshlanadi.
So‘nggi yangiliklar
-
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35
-
AQSh Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishga qarshi – OAV
Jahon | 20:19
-
Isroilning hujumlari – Erondagi hokimiyatning mavjudligiga tahdidmi?
Jahon | 19:45
-
«ChatGPTʼdan diniy savollarga javob olish joiz emas» – O‘zbekiston musulmonlari idorasi
O‘zbekiston | 19:23
Mavzuga oid

14:41 / 10.06.2025
«Meros». Srechko Katanetsga bag‘ishlanadi

15:27 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida

22:02 / 04.06.2025
Hammasi o‘z qo‘limizda, ertaga g‘alaba qozonishimiz shart – Timur Kapadze

17:11 / 24.03.2025