Prezident Şavkat Mirziyoyev farmoni bilan Rossiya xalq artisti, Moskva drama teatri badiiy rahbari, teatr va kino aktyori Bezrukov Sergey Vitaleviç va Rossiya xalq artisti, balet artisti, rejissyor Liyepa Andris Marisoviç «Döstlik» ordeni bilan mukofotlandi.
Farmonda qayd etilişiça, ular Özbekiston va Rossiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik, ittifoqçilik munosabatlarini rivojlantiriş, xalqlarning an’anaviy döstlik va hamjihatlik aloqalarini mustahkamlaş borasidagi katta xizmatlari, yorqin va betakror iste’dodi, xususan, kino va teatr yönalişidagi sermahsul ijodiy faoliyati bilan madaniyat va san’at sohalarida hamkorlikni kengaytiriş, ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylaş va boyitişga qöşayotgan munosib hissasi uçun taqdirlangan.
Sergey Vitaleviç Bezrukov 1973 yilda tuğilgan, rus teatri, kino, televideniyesi, ovozli va dublyaj aktyori, teatr rejissyori, ssenariylar muallifi, prodyuser, qöşiqçi, parodist, gitaraçi, rok musiqaçisi. 2008 yilda Rossiya xalq artisti unvonini olgan. «Yedinaya Rossiya» siyosiy partiyasi Oliy Kengaşi a’zosi. 2014 yildan - Moskva guberniyasi teatrining badiiy rahbari. 2024 yilda Rossiya prezidentligiga nomzod Vladimir Putinning işonçli vakili bölgan. Özbekistonlik tomoşabinlarga «Brigada», «Boy s tenyu», «Vysotskiy. Spasibo, çto jivoy» kabi seriallardagi rollari bilan tanilgan.
Andris Marisoviç Liyepa 1962 yilda tuğilgan, sovet va rus balet solisti, teatr rejissyori va prodyuseri, Rossiya xalq artisti. 2019 – 2022 yillarda Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Davlat akademik katta teatrining badiiy rahbari va boş bareografi bölgan.












