AQSh prezidenti Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar yetkazib berilishini ma’qulladi
Pentagonning fikricha, piyodalarga qarshi minalar yetkazib berilishi Rossiya armiyasining Ukraina hududida oldinga siljishi oldini olishga yordam beradi, deb yozadi WP.

Foto: Oleksandr Klymenko/Avalon.red/IMAGO
AQSh prezidenti Jozef Bayden Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar yetkazib berilishini ma’qulladi, deb yozdi 19 noyabr, seshanba kuni The Washington Post (WP) nomi oshkor etilmagan ikki amerikalik mulozimga tayanib. Nashr suhbatdoshlaridan biri ta’kidlaganidek, ushbu o‘q-dorilardan foydalanish Ukraina hududi bilan cheklangan.
WP manbalaridan biri ta’kidlaganidek, Ukraina Qurolli kuchlari uchun minalar vaqt o‘tishi bilan o‘zini-o‘zi yo‘q qiladigan yoki batareya quvvatini yo‘qotib, faol bo‘lmagan minalardir. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tinch aholi uchun xavfni kamaytiradi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari Mudofaa vazirligi bunday o‘q-dorilarni yetkazib berish Rossiya armiyasining olg‘a siljishini cheklashning eng samarali qadamlaridan biri ekanligiga ishonchi komil, deya tushuntirdi gazeta suhbatdoshlari. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy so‘nggi haftalarda Rossiya Qurolli kuchlarining frontda Ukraina pozitsiyalariga uyushtirgan hujumlaridan nihoyatda xavotirda va Rossiya qo‘shinlarining olg‘a siljishini shoshilinch ravishda sekinlashtirish zarurligini ko‘rmoqda.
AQSh Ukrainaga 275 mln dollarlik harbiy yordam ajratmoqda
AQSh Mudofaa vazirligi Ukrainaga 275 million dollar (taxminan 260 million yevro) miqdoridagi yangi harbiy yordam paketini yuboradi. Bu haqda 19 noyabr kuni o‘z ismi sir qolishni istagan amerikalik rasmiylarga tayanib, Associated Press xabar berdi. Paket tarkibiga oid tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.
O‘z navbatida, AQSh Davlat departamenti Ukrainaga 100 million dollarlik noaniq mudofaa uskunalari va xizmatlarini sotishga ruxsat berdi, shu jumladan avtomobillarni kapital ta’mirlash, texnik qo‘llab-quvvatlash, o‘qitish va «boshqa tegishli logistika elementlari» bilan birga.
Bundan tashqari, Vashington va Kiyev Ukrainaga 20 milliard dollarlik kredit berish shartlari bo‘yicha muzokaralarning «ilg‘or bosqichida» bo‘lib, uning qaytarilishi Rossiyaning Ukrainaga harbiy bosqinidan so‘ng muzlatib qo‘yilgan Rossiya Markaziy banki aktivlari hisobidan amalga oshiriladi. AP suhbatdoshlariga ko‘ra, AQShning amaldagi prezidenti Jozef Bayden ma’muriyati jarayonni yil oxirigacha yakunlashni maqsad qilgan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi
Jahon | 23:42 / 25.04.2025
-
Samarqandda o‘quvchiga tashlanib, unga tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan olindi
Jamiyat | 23:22 / 25.04.2025
-
Fransiya Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportlarini tan olishni to‘xtatadi
Jahon | 23:00 / 25.04.2025
-
25 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:33 / 25.04.2025
Mavzuga oid

19:59 / 25.04.2025
Ukraina 5 ming tonna bug‘doy ortilgan Rossiya kemasini hibsga oldi

18:33 / 25.04.2025
MRB direktori o‘rinbosarining o‘g‘li Ukrainada halok bo‘lgan. U Rossiya tomonida turib jang qilgan

13:55 / 25.04.2025
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

13:33 / 25.04.2025