
Polşa poytaxti bu yil muhim yutuqni qölga kiritganini nişonlaşga tayyorgarlik körmoqda: statistika töplaniş boşlangan 1980-yillardan buyon Varşava öz yöllarida eng kam ölim darajasi kuzatilganiga erişdi. Şvetsiyada 1990-yillarda şakllantirilgan va yöl-transport hodisalari natijasida ölimlar va oğir jarohatlarni bartaraf qilişga qaratilgan Vision Zero xavfsizlik strategiyasiga sodiq ekanini namoyiş etib, Varşava sönggi 10 yil içida yöllardagi baxtsiz hodisalar sonini 55 foizga kamaytirişga muvaffaq böldi, deb yozmoqda Bloomberg naşri.
Aholisi 2 mln bölgan uşbu şahar uçun bu ajoyib natija, çunki bir paytlar Varşava haydovçilar uçun ham, piyodalar uçun ham öta xavfli şahar sanalgan.
Yöl harakati xavfsizligi borasidagi eng rasvo sanaluvçi 1991 yilda Varşava köçalarida 314 kişi halok bölgan; 2023 yilga kelib yöllarda ölganlar soni 29 tagaça kamaydi va ularning 11 nafari piyodalar. Agar aholi ziçligi inobatga olinsa, Varşava köçalari Yevropa Ittifoqining köplab şaharlaridan xavfsiz sanaladi, çunki million aholiga 15 ölim töğri kelmoqda.

Polşada umumiy yöl harakati xavfsizligi darajasi hamon yaxşilanişga muhtoj: umummilliy darajada yöllardagi ölim holatlari 2014 yildan buyon 40 foizga pasayganiga qaramasdan, mamlakat har million fuqaroga 52 ölim bilan Yevropa Ittifoqida YTH natijasida ölim va jarohat darajasi böyiça sönggi örinlardan birini egallab turibdi (YeIda örtaça körsatkiç 46 ni taşkil etadi). Garçi Varşavaning hozirgi körsatkiçlari mamlakat böyiça körsatkiçlardan ança yaxşi bölsa-da, şahardagi xavfsizlik himoyaçilari keyingi harakatlarda faolroq bölişni talab qilmoqda: bu yil jamoatçilik mast holdagi va tezlikni oşirgan haydovçilarning aybi bilan ölimga sabab bölgan bir neçta avariyalardan şokka tuşgan.












