Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyalarining yirik paketi Özbekiston Respublikasi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi ixtiyoriga ötdi. 19 noyabr kuni röy bergan bitim haqida Toşkent fond birjasi saytida ma’lumot mavjud.
Unga köra, kombinatning 175 472 021 dona aksiyasi nominal qiymatidan 17,7 barobarga qimmat – 69 499 sömdan hisob-kitob qilingan. Bitimning umumiy hajmi 12,195 trillion söm (MB kursi böyiça 954,3 mln dollar)ni taşkil etgan.
Kap Depöga köra, bu – Toşkent fond birjasi tarixidagi eng yirik tranzaksiya bölgan.
Avesta Investment Group'ning qayd etişiça, bitimda nazarda tutilgan qariyb 175,5 mln dona aksiya – OKMK jami aksiyalarining 24,7 foizini taşkil etadi.
Tiklaniş va taraqqiyot bu aksiyalarni OKMKga “Yoşlik-1” konini özlaştiriş loyihasi uçun ajratgan krediti evaziga olgan.
Oçiq ma’lumotlarga köra, jamğarmaga ötkazilgan qariyb 175,5 mln dona aksiya OKMK aksiyadorlarining avgust oyidagi qarori asosida emissiya qilingan va bu qimmatli qoğozlar 7 oktyabrda davlat röyxatidan ötkazilgan.
Kombinat tomonidan qöşimça 1 mlrd dollarlik aksiyalar çiqarilişi prezidentning 2020 yildagi qarorida közda tutilgan.
Qarorga köra, bu mablağni Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi ajratişi, mablağlar OKMK ustav kapitaliga yönaltirilişi va bu sotib olinadigan aksiyalarni qöşimça emissiya qiliş hisobiga bölişi belgilangan. Maqsad – “OKMK konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar işlab çiqarişni kengaytirişning 1-bosqiçi” loyihasini moliyalaştiriş.
Hujjatda bu loyihani moliyalaştirişning yana ikki manbasi körsatilgan: OKMKning 250 mln dollar miqdoridagi öz mablağlari hamda mahalliy va xalqaro moliya institutlari konsorsiumidan jalb qilinadigan sindikatlangan kredit mablağlari.
Eslatib ötamiz, 2021 yilda “Yoşlik-1” rangli metallar koni negizida 3-mis boyitiş fabrikasi qurilişi boşlangan. 2024 yil oktyabr oyiga kelib, bu fabrika qurilişi bilan parallel ravişda, 4-fabrika qurilişiga ham start

















