Ozarboyjon 2025 yilgi davlat budjetida mudofaa va milliy xavfsizlik xarajatlarini sezilarli darajada oşirişni rejalaştirmoqda.
«Uşbu qadamlar harbiy salohiyatni oşiriş va Armanistonning harbiylaşuviga javob beriş zarurati bilan boğliq», — deydi mamlakat moliya vaziri Samir Şarifov.
Vazirning sözlariga köra, 2025 yilgi budjet loyihasida mudofaa va milliy xavfsizlik uçun umumiy davlat xarajatlarining 20,3 foizi ajratilgan — bu 8,396 milliard manatga (4,94 milliard dollar) teng. Qayd etilişiça, bu 2024 yilgi prognozlardan 17,8 foizga yoki 2023 yilgidan 43,4 foizga köp.
«Ozarboyjonning mudofaa va milliy xavfsizligini mustahkamlaş, şuningdek, harbiy qurilişlar modernizatsiyasi xarajatlar oşirilişini talab etadi», — deydi moliya vaziri.
Ma’lum qilişiça, 2025 yilda Ozarboyjonda 1,56 milliard dollar qurolli kuçlarga, 275,2 million dollar milliy xavfsizlikka hamda 317,8 million dollar çegara xizmatiga ajratiladi. Şuningdek, mudofaa va milliy xavfsizlikka oid boşqa faoliyat turlariga 2,77 milliard dollar yönaltiriş közda tutilgan.
Uşbu xarajatlarni moliyalaştiriş Ozarboyjon Davlat neft jamğarmasidan mamlakat budjetiga ötkazmalarni oşiriş hisobiga ta’minlanadi.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda mudofaa va xavfsizlik xarajatlari 2023 yilda 3,2 trillion sömga oşirilgan edi. Mudofaa xarajatlari boşqa xarajatlarni kamaytiriş hisobiga oşirilgan. Xususan, Bojxona qömitasi va Davlat zaxiralarini boşqariş qömitasi («Özdavzaxira») Iqtisodiyot va moliya vazirligi tuzilmasiga ötkazilişi munosabati bilan xarajatlar mos ravişda 944,4 milliard söm va 64,5 milliard sömga qisqartirilgan.












