Rossiyaning Ukrainaga zarba beriş uçun örta masofaga möljallangan yangi ballistik raketadan foydalanişi BMT tomonidan «xavotirli voqealar rivoji» deb baholanmoqda. 21 noyabr, payşanba kuni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibi Antonio Guterrişning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik: «Bu yana bir taşvişli va xavotirli voqea», dedi.

Şu bilan birga, Dyujarrik mojaroning har ikki tomonini vaziyat keskinligini pasaytiriş, uruşni xalqaro qonunlarga muvofiq tugatiş va tinç aholi himoyasini ta’minlaşga çaqirdi — «fuqaro nişonlari yoki muhim fuqarolik infratuzilmasiga zarba bermaslik» lozimligi ta’kidlandi.

Zelenskiy Rossiyani eskalatsiyada aybladi

21 noyabr kuni keçqurun Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Telegramʼda tarqatgan bayonotida Rossiyani mojaroni kuçaytirayotganlikda ayblab, buni bir yil içida ikkinçi holat deb atadi. «Bugun Putin bu yilgi uruşni kuçaytiriş, kengaytiriş tomon ikkinçi qadam qöyganini tan oldi. Yangi ballistik raketa qöllandi. Putin bizning Dnipro şahrimizga zarba berdi — u Ukrainaning eng yirik şaharlaridan biri. Bu oçiq va aniq. Bu uruşning miqyosi va şafqatsizligining jiddiy ösişi, Rossiyaning BMT Nizomini buzişi va men ta’kidlaymanki, bu Rossiyaning bir yil içida eskalatsiyaga qaratilgan ikkinçi qadamidir. Birinçisi kontingenti kamida 11 ming askardan iborat Şimoliy Koreyani jalb qiliş böldi», deb yozdi Ukraina rahbari.

Zelenskiyning sözlariga köra, Rossiyaning Ukrainaga ballistik raketa hujumi «Rossiya tinçlikni istamasligining isbotidir». «Va Putin Ukrainaning uzoq masofaga möljallangan qurollarni qöllagani bizning yangi qadamimizga sabab böldi, deb yolğon gapirmoqda. Özimizni himoya qiliş huquqimiz boşqa xalqlar bilan bir xil», — dedi Ukraina rahbari.

Prezidentning ta’kidlaşiça, Rossiya zarbasiga «dunyoning kuçli reaksiyasi» yöq, biroq dunyo «bu narsaga munosabat bildirişi kerak». «Biz Rossiyani haqiqiy tinçlikka majburlaşimiz kerak, aks holda, Rossiyaning zarbalari, tahdidlari va beqarorlaştiruvçi harakatlari nafaqat Ukrainaga qarşi böladi», — deya ogohlantirdi Volodimir Zelenskiy.