Mahalliy vaqt bilan soat 17:02 dan boşlab ob-havo şaroiti yomonlaşgani sababli Farğona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilişga vaqtinçalik çeklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, çeklovlar vaqtida barça reyslar muqobil aerodromlarga yönaltiriladi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Novosibirsk — Farğona yönalişidagi HY-670 reysi Namangan muqobil aeroportiga yönaltirilgan.

Avvalroq Uzbekistan Airports joriy yil 9 oyida mamlakat xalqaro aeroportlari tomonidan 82 637 ta reysga xizmat körsatilgani töğrisida xabar bergandi. Şundan 4 092 ta reys Farğona xalqaro aeroporti hisobiga töğri keladi.