Siyosiy texnolog Marat Gelman RFda terrorizmni oqlashda ayblandi
Galerist Gelman avvalroq Rossiyada qidiruvga berilgan edi. Tintuvlar u 10 yildan ko‘proq vaqt oldin ishlagan Perm zamonaviy san’at muzeyida bo‘lib o‘tdi.
Rossiyalik tergovchilar galerist Marat Gelmanga qarshi «terrorizmni oqlash» ayblovi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda «Mediazona» 22 noyabr, juma kuni «ishning mohiyati bilan tanish» suhbatdoshiga tayanib xabar berdi. «Mediazona» manbasi «tergov Gelmanni aynan nimada ayblayotganiga» aniqlik kiritmadi.
«Hozirgi hokimiyat meni terrorchi deb hisoblaydi, men uni terrorchi deb hisoblayman va ishonchim komilki, vaqt hammasini joy-joyiga qo‘yadi», — dedi Gelman o‘zining reyestrga kiritilgani haqidagi xabarlarga izoh berib.
Galerist «terrorchilik» moddasi bilan qidiruvda ekani uning «ekstremistlar va terrorchilar» Rosfinmonitoring ro‘yxatiga kiritilganligidan ham dalolat beradi — bu 14 noyabr kuni ma’lum bo‘ldi. Reyestrda Gelman nomining qarshisida yulduzcha belgisi mavjud — bunday belgi bilan ushbu Rossiya reyestrida Rossiya Federatsiyasida terrorizm bilan bog‘liq moddalar bo‘yicha ta’qib qilinayotgan shaxslar ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, ular orasida siyosiy mahbuslar ham bor — Rossiya sudi tomonidan ilgari davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan «Finist yasnyy sokol» teatrlashtirilgan spektakli uchun qamoq jazosiga hukm qilingan rejissyor Yevgeniya Berkovich ham reyestrda yulduzcha bilan ko‘rsatilgan.
RFda siyosiy texnolog Marat Gelman «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga kiritildi
Rossiya Federatsiyasi Moliyaviy monitoring federal xizmati (Rosfinmonitoring) galerist va siyosiy texnolog Marat Gelmanni «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga qo‘shdi. Bu haqdagi ma’lumot 14 noyabr kuni idora saytida paydo bo‘ldi. Rosfinmonitoring reyestrida Gelmanning ismi yulduzcha bilan belgilangan. «Bu unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining terroristik moddalaridan biri bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganligini anglatadi, ehtimol, gap «terrorizmni oqlash» haqida ketmoqda», deb yozadi SOTA Telegram-kanali.
2021 yil oxirida Marat Gelman Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi tomonidan «chet el agenti» funksiyasini bajaruvchi xorijiy ommaviy axborot vositalari reyestriga kiritildi. 2022 yil dekabr oyida Rossiya Ichki ishlar vazirligi jinoiy ish doirasida galeristni federal qidiruvga berdi. Qaysi ish bo‘yicha ekani aniq aytilmagan.
Mavzuga oid
09:51 / 26.12.2024
RF davlat kompaniyalarida SSSR davridagi siyosiy axborot darslari qayta tiklanadi
14:59 / 25.12.2024
Teleboshlovchi Tatyana Lazareva RFda sirtdan 6,5 yilga qamaldi
11:56 / 25.12.2024
RFning Kriviy Rigdagi uyga zarbasi: 10 dan ortiq kishi jarohat oldi
11:00 / 25.12.2024