Malining markaziy qismida «Al-Qoida» xalqaro terrorçilik taşkiloti bilan boğliq bölgan «Jamoat Nusrat al-Islom val-Muslimin» guruhi a’zolari «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangçilariga hujum qildi, deb xabar bergan Associated Press jangarilar bayonotiga asoslanib. 

Hujum 21 noyabr kuni amalga oşirilgan. Bu haqdagi ma’lumotni agentlikka Mali xavfsizlik xizmatlaridagi manba tasdiqlagan. Uning sözlariga köra, vagnerçilar nazorat-ötkaziş punktida turganida hujumga uçragan. U hujum oqibatida qurbonlar borligini aytgan, ammo ularning soniga aniqlik kiritmagan. 

Jangarilar bayonotida aytilişiça, «Vagner» XHK kolonnasi pistirmaga duç kelgan. Natijada, guruh ma’lumotiga köra, olti nafar yollanma jangçi öldirilgan. 

Reuters agentligi Site Intelligence Group monitoring guruhiga tayanib, «Vagner» XHKning kamida yetti a’zosi hujum qurboni bölgani haqida xabar bergan. Reuters ixtiyoriga kelib tuşgan videoyozuvda avtomobil atrofida harbiy formadagi beş kişi jasadi yotgani köringan. Agentlik mazkur video haqiqiyligini tasdiqlay olmagan. 

Iyul oyida «Vagner» XHKning önlab jangçilari Malida isyonçi tuareglar bilan qurolli töqnaşuvda halok bölgandi. Bir tomonda tuareglar, ikkinçi tomonda Mali hukumati qöşinlari hamda vagnerçilar turgan jang 25–27 iyul kunlari davomida bölib ötgan. Töqnaşuv vaqtida hukumat qöşinlari va vagnerçilar pistirmaga tuşib qolgan. Isyonçi tuareglar rahbariyati 54 nafar vagnerçi hamda malilik yetti nafar harbiy xizmatçi halok bölganini ma’lum qilgan. Öz navbatida, BBC rus xizmatining muqaddam «Vagner» safida xizmat qilgan manbasi kamida 82 nafar yollanma jangçi halok bölganini aytgan. «Vagner» şturm otryadining «Rusiç» çaqiruv belgiligi sobiq komandiri ham qurbonlar soni 80 dan ortiqligi haqida aytgan. The Wall Street Journal naşri bu Afrikaga 2017 yilda yöl olgan rossiyalik yollanma jangçilarning eng yirik yöqotişi bölganini qayd etgan.