Buyuk Britaniya hukumati bir neça hafta oldin Ukrainaga yana «önlab» uzoq masofaga möljallangan Storm Shadow raketalarini yetkazib bergan. Bu haqda Bloomberg agentligi öz manbalariga tayanib xabar berdi.
Raketalar yetkazib berilgani töğrisida ommaviy ravişda e’lon qilinmagan. Kir Starmer 2024 yil iyul oyida hukumat tepasiga kelganidan beri bu turdagi raketalarning birinçi marta yetkazib berilişidir.
Agentlik suhbatdoşlarining sözlariga köra, Storm Shadow Vaşington va London Ukrainaga uzoq masofali raketalar yordamida Rossiya hududidagi nişonlarga zarba uyuştirişga ruxsat berganidan oldin yuborilgan. Bloomberg manbalari raketalar aynan qaçon Ukrainaga yetib kelgani, şuningdek, ularning soni neçta ekanini aytişdan boş tortgan.
Noyabr boşida The Guardian Buyuk Britaniya ma’lum muddat Ukrainaga Storm Shadow raketalarini yetkazib bermasligi haqida yozgandi. The Times manbalariga köra, bu zaxiralar yetişmayotgani bilan boğliq bölişi mumkin.
Ukraina Qurolli kuçlari (UQK) Britaniyaning Storm Shadow raketalari yordamida Rossiya hududida ilk bor 20 noyabr kuni zarba berdi. Kursk oblastidagi Marino posyolkasi aholisi raketa qoldiqlariga şu kunning özida duç kelgan. Storm Shadowʼdan foydalaniş UQK Rossiya hududiga AQŞning ATACMS raketalari yordamida zarba berganidan bir kun ötib sodir böldi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 noyabr kuni Ukrainaning Ğarbda işlab çiqarilgan uzoq masofaga möljallangan raketalar bilan Rossiya hududiga berilgan zarbalariga javoban Rossiya nima qilgani haqida kutilmaganda batafsil ma’lumot berdi. Xususan, u Dniprodagi «Yujmaş» korxonasiga «Oreşnik» eksperimental ballistik tizimi orqali uyuştirilgan hujum haqida gapirdi. RF prezidentining ma’lum qilişiça, Rossiya uşbu sinovni Ukraina Qurolli kuçlari (UQK) 19 va 21 noyabr kunlari Bryansk hamda Kursk oblastlaridagi nişonlarga ATACMS hamda Storm Shadow raketalari yordamida uyuştirilgan hujumga javob tariqasida amalga oşirgan.













