“Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev va boşqalarga nisbatan jinoyat işi apellyatsiya sudida körib çiqildi.
Ma’lum bölişiça, Saidaziz Saidaliyev va yana 13 kişi JIB Yunusobod tuman sudining 2024 yil 5 avgustdagi hukmidan norozi bölib, apellyatsiya şikoyati kiritgan. Bugun, 27 noyabr kuni Toşkent şahar sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiya sudi işni körib çiqib, ajrim qabul qildi.
Sud ajrimiga köra, birinçi instansiya sudi hukmi özgarişsiz, Saidaziz Saidaliyev va yana 13 kişining apellyatsiya şikoyatlari esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
JIB Yunusobod tuman sudining 2024 yil 5 avgustdagi hukmiga köra, Saidaziz Saidaliyev tovlamaçilik, firibgarlik, jinoiy uyuşma taşkil etiş, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş, bezorilik, pora berişda iştirok etiş kabi jinoyatlarni sodir qilgan deb topilgan. Unga 20 yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangan.
Şuningdek, sud hukmi bilan yana 22 kişi turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan. Sudlanganlardan ikkitasiga axloq tuzatiş işlari, uçtasiga ozodlikni çeklaş bilan boğliq jazo tayinlangandi. Bir kişi esa sodir etilgan jinoyatning javobgarlikka tortiş muddati ötib ketgani sababli jazodan ozod etilgan edi.
Bundan taşqari, 16 nafar sudlanuvçidan jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilişi, Saidaziz Saidaliyev tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş hisobiga orttirilgan mol-mulklar tegişli tartibda jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararlarni qoplaşga qaratilişi belgilangan.













