Saidaziz Saidaliyevga tovlamaçilik jinoyati böyiça yana bir hukm öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudining şu yil 29 oktyabrdagi hukmida keltirilişiça, Saidaziz Saidaliyev Ilhom Sotvoldiyev va tergovda aniqlaşning imkoni bölmagan boşqa şaxslar bilan jinoiy til biriktirib, 2023 yil yanvar oyining boşlarida Yaşnobod tumani, Nodira mahallasidagi uylardan biriga borib, Baxtiyor Kolonovga göyoki tadbirkorlikdagi sobiq şerigidan 700 ming AQŞ dollari miqdorida qarzdor ekanligini aytişgan.

Tadbirkor ularga qarşilik körsatganida “Saidazim medgorodok” va şerigi qurol sifatida piçoq hamda töpponçadan foydalanib, tahdid qilişgan. Ular tadbirkorga agar 700 ming AQŞ dollarini bermasa soğliğiga, oilasiga jiddiy zarar yetkazib, özini otib taşlaşni aytişgan.

Sul majlisida Saidaziz Saidaliyev va Ilhom Sotvoldiyev tovlamaçilik qilmaganini aytib, aybiga iqror bölmagan hamda adolatli hukm çiqarişni söragan.

Jabrlanuvçilar Baxtiyor Kolonov hamda Doston Begimqulov esa öz körsatmalarida sudlanuvçilar piçoq va töpponça bilan tahdid qilişganini, otib taşlaş bilan qörqitişganini bildirişgan.

Sud hukmiga köra, Saidaziz Saidaliyev Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a, v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni (juda köp miqdorda hamda uyuşgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini közlab sodir etilgan tovlamaçilik) sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudining 2024 yil 5 avgustdagi hukmi bilan tayinlangan jazoning ötalgan qismini qisman qöşgan holda uzil-kesil 20 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Ilhom Sotvoldiyev ham Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari bilan aybli deb topilgan. U jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudining 2024 yil 5 avgustdagi hukmi bilan tayinlangan jazoning ötalgan qismi qisman qöşilgan holda uzil-kesil 5 yil 3 oyga ozodlikdan mahrum qilingan.

Eslatib etamiz, jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudining 2024 yil 5 avgustdagi hukmi bilan Saidaziz Saidaliyev 20 yilga, Ilhom Sotvoldiyev 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. Mazkur sud hukmi bilan yana 22 kişi turli muddatlarga qamalgan. Sudlanganlardan ikkitasiga axloq tuzatiş işlari, uçtasiga ozodlikni çeklaş bilan boğliq jazo tayinlangandi. Bir kişi esa sodir etilgan jinoyatning javobgarlikka tortiş muddati ötib ketgani sababli jazodan ozod etilgan edi.