Rossiya rubli kursi bir AQŞ dollari uçun 110 rubldan pastga tuşdi. 27 noyabr, çorşanba kuni tuşdan keyin xalqaro Forex valuta bozorida 1 dollar 114,50 rublga sotildi.
Bundan taşqari, bir kun oldin bu körsatkiç birinçi marta 2022 yil mart oyidagi darajaga tuşdi — Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi va keyinçalik keng kölamli sanksiyalar joriy etilganidan keyingi birinçi haftalardagi. Dollarning rublga nisbatan kursi oxirgi marta 2022 yilning 16 martida 108 rubldan oşgandi, deb yozadi "Meduza".
27 noyabr kuni yevro kursi 120,57 rublga, yuan kursi 15,34 rublga yetdi (bir kun avvalgidan 0,76 rubl yuqori).
Biroz vaqt ötgaç, Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki 28 noyabrdan 2024 yil oxirigaça içki valuta bozorida çet el valutasini sotib olişni töxtatişini e’lon qildi. Uşbu qaror «moliyaviy bozorlardagi özgaruvçanlikni kamaytiriş maqsadida» qabul qilingan va «Rossiya Moliya vazirligining budjet qoidasini amalga oşiriş bilan boğliq muntazam operatsiyalarini aks ettiriş doirasida» amalga oşirilgan, deyiladi bank matbuot xabarida.
RF rasmiylari rubl kursini uşlab qoliş uçun kuraşmoqçi emas
Rossiya rasmiylari, avvalgidek, milliy valuta kursi bir yil içida birinçi marta psixologik jihatdan muhim bölgan bir dollarga 100 rubllik belgiga yaqinlaşayotgan paytda, kurs pasayişiga xalaqit bermoqçi emas. Bu haqda Bloomberg 15 oktyabr kuni vaziyatdan xabardor bölgan ikki suhbatdoşining fikriga tayanib yozdi.
Agentlik ta’kidlaganidek, ötgan yili Rossiya Markaziy banki uşbu belgiga yaqinlaşganda, rublning yanada qadrsizlanişiga yöl qöymaslik uçun bir neça marta aralaşdi: masalan, asosiy stavkani oşiriş (2023 yil avgustida bölgani kabi) yoki valuta tuşumlarini eksport qiluvçilar tomonidan majburiy sotiş çegarasini oşiriş (2023 yil oktyabrda) orqali.
Biroq, bu safar, budjet taqçilligi va xarajatlarning rejalaştirilgan ösişi fonida, Rossiya rasmiylari zaif rublda ustunlikni körmoqda, deb hisoblaydi Bloomberg anonimlik şarti bilan gapirgan manbalari. Ularning fikriça, rublning zaiflaşişi endi taşvişga sabab emas, çunki kelgusi yil xarajatlarni oşiriş rejalari fonida bu davlat budjetiga foyda keltirişi kutilmoqda.
Rossiya hukumati va Rossiya banki matbuot xizmatlari Bloomberğning izoh beriş haqidagi sörovlariga javob qaytarmadi.












