2025 yilning boşidan beri Rossiya valutasi dollarga nisbatan 16,4 foizga mustahkamlandi. Bunga asosiy sabab sifatida Rossiya va AQŞ örtasidagi muzokaralarning boşlangani hamda xorijiy valutaga nisbatan talabning mavsumiy pasayişi kabi omillar keltirilyapti. Mutaxassislar prognozlariga köra, yilning ikkinçi yarmidan boşlab yana rubl kursining zaiflaşişi boşlanadi.
Joriy yil boşidan buyon rubl kursi sezilarli darajada mustahkamlandi. Xususan, yanvar oyidagi ilk savdolarda 1 dollar 102,3 rublni taşkil etgan bölsa, 15 mart holatiga bu körsatkiç 85,5 rublgaça pasaygan. Umuman olganda, yil boşidan beri Rossiya valutasi dollarga nisbatan 16,4 foizga mustahkamlandi.

Mutaxassislar tahlillariga köra, bir qança omillar rubl kursining mustahkamlanişida muhim ahamiyat kasb etyapti.
Geosiyosiy optimizm. Rossiya va AQŞ örtasidagi muzokaralarning boşlanişi, amerikaliklar va Ukraina rasmiylari örtasidagi mojaroni hal qiliş böyiça aloqalar xorijiy investorlarning Rossiya fond bozoriga kapital kiritişini rağbatlantiryapti. Şuningdek, AQŞ Rossiyaga qarşi sanksiyalarni yumşatiş rejasini tayyorlayotgani haqidagi xabarlar paydo böldi.
Rossiya Markaziy banki oxirgi hisobotida ham rublning mustahkamlanişiga ta’sir qilayotgan asosiy omillardan biri sifatida geosiyosiy keskinlikning pasayişi böyiça ijobiy kutilmalar keltirilgan.
Valuta tuşumlarining köpayişi. Fevral oyida Rossiyaning eng yirik eksportçilaridan 29 ta kompaniyaning sof savdosi yanvar oyiga nisbatan 25 foizga oşgan va 12,4 milliard dollarni taşkil etgan. Natijada moliya bozorida rubl aktivlariga nisbatan talab oşgan.
Mavsumiy talabning pasayişi. Market Power loyihasi tahlilçilarining qayd etişiça, birinçi çorakda valutaga bölgan talab ham import qiluvçilar, ham aholi örtasida past böladi. Bu davrda taşqi qarzni tölaş uçun xorijiy valutaga bölgan ehtiyoj ham yilning boşqa davrlariga nisbatan kamayadi.
Jahon bozorida dollar kursining zaiflaşişi.











