Jumladan, Buxoro shahri va tumanidagi 60 000 ta aholi xonadoni hamda 100 dan ortiq ulgurji iste’molchiga tabiiy gaz yetkazib berish yaxshilandi.
Shu maqsadda “Sohibkor” gaz taqsimlash stansiyasiga bog‘lovchi 1,5 km gaz tarmog‘i qurilib, “Kogon-Gazli” magistral quvuriga ulandi. 1963 yilda ishga tushirilib, ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan eski tarmoq o‘rniga amalga oshirilgan yangi loyiha stansiyaning o‘tkazuvchanligida ishonchlilikni kafolatlab, eski quvurning muhofaza maydonlarida joylashgan 100 dan ortiq qurilma atrofida mavjud xavfni bartaraf etishga ham imkon berdi.
Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasidagi gaz taqsimlash stansiyalarining rekonstruksiya qilinishi ham 50 000 dan ortiq xonadon va 100 dan ortiq ulgurji iste’molchining gaz ta’minotini oshirdi.
“Navoiy-1” stansiyasida texnologik qurilma va moslamalar ta’mirlanib, qo‘shimcha 2 ta chang tutgich o‘rnatilishi natijasida Navoiy shahri va Karmana tumanidagi 47 mingta xonadon, 100 dan ortiq korxona hamda “Navoiyazot” AJga yetkazib berilayotgan gaz sifati yaxshilanib, ishonchliligi kafolatlandi. “Navoiy-4” stansiyasida esa berkituvchi moslamalar almashtirildi. Eski qurilmalar o‘rniga zamonaviy 3 ta chang tutgich va 6 ta filtr separator o‘rnatish orqali tabiiy gazni tozalashning 2 bosqichli tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Magistral tarmoqqacha bo‘lgan quvur katta diametrlisiga almashtirildi. Bu esa Karmana tumanidagi 3200 ta aholi, 10 ta ulgurji iste’molchi, “Navoiy” EIZdagi sanoat korxonalari va “Navoiy” IESga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz sifati va hajmini oshirdi. Stansiyaning o‘tkazuvchanlik quvvati qariyb 4 barobarga ortdi.
Nuqsonli quvurlarni almashtirish - xavfsizlik omili
“Muborak-Navoiy”, “Qorovulbozor-Kogon”, “Kogon-Gazli” va “Buxoro-Ural” magistral gaz quvurlarida 5 kilometrga yaqin nuqsonli quvur almashtirildi. Natijada quvurning ishchi bosimi oshirildi. “Buxoro-Ural” magistral gaz quvurining 2 ta tarmog‘i hamda “Kogon-Gazli” va “Gazli-Sarimoy” magistral gaz tarmoqlarida 354 km quvurning ichki yuzasi porshen yuborib tozalangani ham transportirovka jarayonida ishonchlilikka xizmat qilmoqda.

Respublika iste’molchilariga barqaror tabiiy gaz yetkazib berish maqsadida bu yil Gazli gaz inshootiga o‘tgan yildagiga nisbatan 21,6% ga ko‘proq tabiiy gaz jamlandi









