Bojxona qömitasi Kun.uz suriştiruviga munosabat bildirdi. Unda bojxona organlari qonunçilikda nazarda tutilmagan taqiqlar va çeklovlarni belgilaşga haqli emasligi ma’lum qilingan.
Qömita munosabatida keltirilişiça, respublika bojxona çegaralari orqali kuniga örtaça 10-11 ming avtotransport vositalari harakatlanadi.
“Respublikadan olib çiqib ketilayotgan avtotransport vositalariga nisbatan ularni boşqarayotgan şaxslar tomonidan bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatlar röyxati qonunçilikda aniq belgilangan.
Avtotransport vositalarining bojxona rasmiylaştiruvi jarayonida haydovçilardan transport vositasini boşqarişga doir işonçnomani bojxona organlari tomonidan talab qiliş qonunçilikda nazarda tutilmagan. Bojxona organlari esa qonunçilikda nazarda tutilmagan taqiqlar va çeklovlarni belgilaşga haqli emas.
Qayd etiş joizki, Kun.uz suriştiruvida nazarda tutilgan avtotransport vositalari respublikadan olib çiqilayotganda huquqni muhofaza qiluvçi yoki sud idoralari tomonidan ularga nisbatan amalda çeklov yoki taqiq mavjud bölmagan, şuningdek, mazkur transport vositalarining egalari tomonidan ularning olib çiqib ketilişiga yöl qöymaslikni sörab murojaatlar kelib tuşmagan”, deyiladi munosabatda.
Qöşimça qilinişiça, bugun Bojxona qömitasi rahbariyati tomonidan ayni şu masalada murojaat qilgan fuqaro qabul qilinib, unga batafsil tuşuntirişlar berilgan. Şu kabi holatlarning oldini oliş maqsadida barça çegara bojxona postlariga tegişli körsatma va tavsiyalar yuborilgan.
Bundan taşqari, qömita fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinişini ta’minlaş maqsadida yuqoridagi holatlar yuzasidan amaldagi qonunçilik normalarini takomillaştirişda özaro hamkorlikka tayyor ekanini va hozirda mutasaddi davlat idoralari bilan hamkorlikda tegişli takliflar işlab çiqilayotganini ma’lum qilgan.
Kun.uz suriştiruvida Özbekistonda “vykup”ga (bölib tölaş şarti bilan) xarid qilingan turli rusumdagi 50 ga yaqin maşina Qozoğistonga ötkazib yuborilgani, ularning ayrimlarini çegara postlaridan boşqariş huquqi bölmagan şaxslar haydab olib ötgani haqida gap boradi

















