Suriyaning «Hayat Tahrir aş-Şom» (Hş) radikal guruhi jangarilari va ularning boşqa guruhlardagi ittifoqçilari bir kun avval boşlangan hujum davomida 28 noyabr, payşanba kuni Halab viloyatida bir qator muhim pozitsiyalarni egallab oldi. «Hayat Tahrir aş-Şam» radikal guruh bölib, avval «Al-Qoida»ning Suriyadagi bölimi bölgan «Jabhat an-Nusra»dan ajralib çiqqan. Guruh köplab mamlakatlarda terrorçi taşkilot sifatida tan olingan.

Londonda joylaşgan Suriya Inson huquqlari observatoriyasi (SOHR) ma’lumotlariga köra, janglarda 121 jangari va hukumatga qaraşli Suriya arab armiyasidan (SAA) 61 askar halok bölgan. Tinç aholi orasida köplab qurbonlar bor. Qayd etilişiça, hujumçilar qurol-yaroğ omborlari va zirhli maşinalarni egallab olgan.

Reuters agentligi hukumat armiyasidagi manbaga tayanib xabar berişiça, jangarilar Halab şahri çekkasidan 10 km va Nubla va Zahrodan bir neça kilometr uzoqlikda joylaşgan — ular asosan şialar yaşaydigan ikki şahar bölib, u yerda Eron tomonidan qöllab-quvvatlangan «Hizbulloh» Livan harakati kuçlari joylaşgan. Jangarilar Halab şarqidagi Nayrab aviabazasiga ham hujum qilgan. AR axborot agentligi xabariga köra, ular Halabni Damaşq bilan boğlovçi muhim M5 magistralini tösib qöyişga muvaffaq bölişgan. Turkiya Anadolu agentligining hisob-kitoblariga köra, 28 noyabrga qadar jangarilar 32 ta aholi punktidan SAA bölinmalarini siqib çiqarişga va umumiy maydoni 245 kvadrat kilometr bölgan hududni egallaşga muvaffaq bölişgan.

Isyonçilarning 2020 yildan beri eng yirik hujumi

Eronning Tasnim agentligi Eronning Suriyadagi katta harbiy maslahatçisi, brigada generali Kiumars Pourhaşimi jangarilar bilan janglarda halok bölganini xabar qildi.

SANA davlat axborot agentligi tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytilişiça, armiya «köp sonli isyonçilar iştirok etgan, örta va oğir qurollar qöllangan keng kölamli hujumni» oğir talafotlar bilan qaytarmoqda.

Reuters agentligining qayd etişiça, bu Başar Asad rejimi muxoliflarining Asadni qöllab-quvvatlayotgan Rossiya va isyonçilarni qöllab-quvvatlayotgan Turkiya öt oçişni töxtatişga kelişib olgan 2020 yil martidan beri sodir bölgan eng yirik hujumidir.