Buyuk Britaniya tadqiqotçilari yarim asrdan buyon ilk bor astma xurujlarini davolaşga möljallangan yangi dorini işlab çiqdi.
Klinik sinovlar vaqtida Beneralizumab preparati kasallikning oğir şakliga çalingan odamlarni davolaşda oddiy steroid tabletkalarga nisbatan ança samarali bölib çiqdi. Uning tarkibidagi monoklonal antitelolar oq qon hujayralaridan biri — eozinofillarga maqsadli ta’sir körsatadi. Bu hujayralar eozinofil astmasi deb nomlanuvçi kasallikka çalingan odamlarning öpkasiga kirib, nafas yöllarini şişiradi va toraytiradi.
Astmaning uşbu turi 50 foiz holatlarda kasallik kuçayişiga sabab böladi. Öpkaning surunkali obstruktiv kasalligiga (ÖSOK) çalingan odamlarda oğir xurujlarning uçdan bir qismi asosida ham aynan şu biologik mexanizm yotadi.
London Qirollik kolleji olimlari astma yoki ÖSOK bilan oğrigan bemorlarga xuruj paytida yangi dori yuborilganda, tört haftadan söng ularning nafas siqişi, hansiraşi va boşqa belgilari kamroq kuzatilganini aniqladi.
Agar bunday xuruj — nafas olişning qiyinlaşişi, xirillaş, yötal va kökrakda siqiliş ingalyatorlar yordamida bartaraf etilmasa, hozirgi kunda şifokorlar steroidlar kursini tayinlaydi.
Benralizumabni eng oğir holatlarda qöllaş boşlangan, ammo sönggi tadqiqotlar undan muntazam foydalaniş mumkinligini körsatmoqda.
Olimlar astma yoki ÖSOKning barça xurujlari bir xil emasligini payqadi. Aksinça, turli bemorlarda immun tizimining alohida qismlari turliça javob beradi.
“Endi biz yalliğlanişning turli modellarini aniqlab, kerakli bemorga kerakli vaqtda töğri muolaja tayinlay olamiz”, — dedi Qirollik kolleji professori Mona Bafadxel.
Tadqiqotda 158 kişi iştirok etgan, bemorlar muolajadan keyin uç oy davomida kuzatilgan.
The Lancet Respiratory Medicine jurnalida e’lon qilingan natijalarga köra, davolaşdagi muvaffaqiyatsizlik darajasi steroidlar qabul qilinganda 74 foizni, yangi dori qöllanganda esa 45 foizni taşkil etdi.
Yangi terapiya olgan odamlar orasida kasalxonaga tuşiş, kasallik qaytalanişi yoki ölim holatlari kamroq kuzatilgan. Köngillilar ham yangi dori qabul qilganda simptomlar yengillaşgani va hayot sifati yaxşilangani haqida ma’lum qildi.
“Bu inqilobiy qadam, çunki ötgan 50 yil davomida davolaş usulini özgartirmagandik. Endi oğir ahvoldagi bemorlarni davolaş yondaşuvi tubdan özgaradi”, — deb ta’kidladi professor Bafadxel.











