Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dala chetidan samarali foydalangan fermerlarga imtiyozlar beriladi
Dala chetidan samarali foydalangan fermerlar tadbirkorlar reytingida qo‘shimcha ball olish, yer solig‘ini ikkiga bo‘lib to‘lash imkoniyati va boshqacha ko‘rinishdagi imtiyozlarga ega bo‘ladi.
O‘zbekistonda dala chetidan samarali foydalangan fermerlar imtiyozlarga ega bo‘ladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Davlat rahbari 650 ming gektar maydondagi shaxsiy tomorqalar, ko‘chalar bo‘yi, dalalar cheti va kanallar atrofida daraxt va oziq-ovqat ekinlari ekish uchun foydalanish mumkinligini ta’kidladi.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi dalalar, ichki yo‘llar va kanalizatsiya kanallari atrofida rentabelli ekinlar yetishtirish hamda eksport qilish uchun javobgar bo‘ladi.
Bunday yerlar bo‘yicha aniq ma’lumotlarni Agroplatformaga kiritish rejalashtirilgan. Aholi va fermerlar sifatli urug‘ tanlash, dori va o‘g‘itni to‘g‘ri qo‘llash, mahsulotni sifatli saqlashga o‘rgatiladi.
Bu sa’y-harakatlarni rag‘batlantirish maqsadida dala chetini samarali ishlatgan fermerlarga tadbirkorlar reytingida qo‘shimcha ball hisoblanadi, ichki fitosanitar sertifikati bir yil davomida bepul beriladi.
Fermerning barcha yerlari uchun yer solig‘ini ikki yilga bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi.
Dala chetlari hisobi, yetishtirilgan mahsulot hajmi e-Fitouz portali orqali nazorat qilib boriladi.
Mavzuga oid
18:05 / 16.06.2026
“E, onangni... 11 gacha yopmasang, tiqib yuboraman!” - Muzrabotda fermerlar haqoratlandi
10:45 / 12.05.2026
Fermerlar uchun dizel yonilg‘isi bo‘yicha subsidiya joriy etildi
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
08:54 / 14.04.2026