30 noyabr, şanba kuni ertalab Tbilisidagi namoyişçilar Şota Rustaveli xiyobonida qolmoqda va barrikadani mustahkamlamoqda, deb xabar qilmoqda gurji jurnalistlar. Namoyişçilar öt yoqib, vaqti-vaqti bilan: «Sakartvelo!» deya hayqirmoqda. Ulardan ba’zilari Gurjiston va Yevropa Ittifoqi bayroqlarini hilpiratmoqda, deb xabar beradi BBC Britaniya media kompaniyasi muxbiri.

«Politsiya kutmoqda. Tösiqni kuçaytiriş davom etmoqda va uning orqasida suv purkagiçdan yaşiriniş mumkin, lekin juda köp odamlar bor», deya yozgan jurnalist Vladimir Romenskiy.

Keça keçasi Gurjiston poytaxtida ön minglab odamlar iştirokidagi ommaviy muxolifat namoyişlari qayta boşlandi. Avvaliga namoyişçilarning asosiy qismi parlament binosi yonida şiorlar aytib, Şota Rustaveli nomidagi markaziy xiyobonni tösib qöygan, biroq keyin vaziyat keskinlaşgan. Namoyişçilar politsiyaga qarata petarda va böyoq butilkalarini uloqtirib, parlament binosi darvozasini qölbola buyumlar bilan taqillatib, yon darvozalarni sindirişga urina boşladi.

Gurjiston Içki işlar vazirligi namoyişçilar infratuzilmaga zarar yetkazgani va yonğinlar boşlagani sababli miting «qonun doirasidan taşqariga çiqqanini» aytdi. Parlamentning kiriş eşiklari şikastlangan, deyiladi Içki işlar vazirligi xabarida.

Namoyişçilarning harakatlariga javoban politsiya suv purkagiçlar va qalampir gazidan foydalangan, qölga olişlar boşlangan. Namoyişçilar parlament binosidan siqib çiqarildi, biroq ularning bir qismi Rustaveli prospektida qolmoqda. Ular örindiqlar va çiqindi qutilaridan barrikadalar qurişga harakat qilmoqdalar. Namoyişçilar va xavfsizlik kuçlari orasida jabrlanganlar bor.

Gurjistonda YeI bilan muzokaralar rad etilişiga qarşi namoyişlar boşlandi

28 noyabr kuni Gurjiston boş vaziri Irakliy Kobaxidze Yevropa Ittifoqiga qöşiliş böyiça muzokaralar 2028 yilgaça töxtatilganini e’lon qilganidan söng, Tbilisi va Gurjistonning boşqa şaharlarida norozilik namoyişlari boşlandi. «Rustavelidagi norozilik namoyişi iştirokçilari soni ortib bormoqda, namoyişçilar parlamentning temir panjarasini taqillatmoqda», deb yozadi Paper Kartuli.

Politsiya maxsus texnikasi markaziy Ozodlik maydoniga tortilmoqda, xavfsizlik kuçlari yetib kelyapti, deb xabar beradi naşr muxbiri.

Hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi bilan oçiq töqnaş kelgan Gurjiston prezidenti Salome Zurabişvili parlament binosi oldidagi namoyişçilarga qöşildi. «Men bu yerda bölaman. Tugamaydigan qarşilik körsatiş boşlanyapti, biz yangi saylovlarga erişişimiz kerak, bu mamlakat içidagi ham, taşqarisidagi ham maqsad», dedi prezident.