Özbekistonda isitiş mavsumining keç boşlanişi noroziliklarga sabab bölib turadi. Mas’ullar bu borada sovet paytidan qolgan qoidani rökaç qiladi. Bu qoidaga köra, isitiş mavsumi – 5 kun davomida sutkalik taşqi harorat 8 gradusdan past bölgandan keyingi, ya’ni 6-kundan boşlanişi kerak.
Bugun, 2 dekabr kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida jurnalistlar bu qoidani özgartiriş rejasi bor-yöqligini söradi.
“Bu tartibga qaysidir yil amal qilinadi, yana qaysidir yil amal qilinmaydi. Bunda işlar amaldorlarning şaxsiy xohişiga köra böladimi yoki aniq bir mezonlar bormi?” deya savol berildi mas’ullarga.

Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi boşqarma boşliği Ilhom Törayevga köra, bu borada yopiq tizimga ötiş rejalaştirilgan.
“Töğri, bu – SSSR paytida qabul qilingan qoida. Bugungi kunda uni takomillaştiriş uçun yagona yeçim – yopiq tizimga ötiş. Ya’ni yopiq tizimga ötib, individual issiqlik punktlarida hisoblagiçlar örnatiladi. Boşqaruv servis kompaniyasiga kelib tuşgan murojaatga qarab, aholi ta’minotni yoqadi va öçiradi. Yertöla qismida örnatilgan hisoblagiçga qarab, tölov amalga oşiriladi.
Bugungi kunda Toşkent şahridan taşqari viloyatlarda 8 gradusga qarab ötirilmasdan, ta’minotçi yoki iste’molçilarning taşabbusi bilan issiqlik yoqilgan joylar juda köp böldi. Ayniqsa ijtimoiy soha obektlari – maktab, boğça va kasalxonalarda murojaatga qarab yoqildi. Davlatimiz tomonidan qöyilgan talab – yopiq tizimga ötiş. Bu issiqlik resurslarini 30 foizgaça qisqartiriş imkonini beradi.

Bitta narsani aytib ötişim kerak, SSSR paytida 8 graduslik tizim joriy etilgan bölsa-da, bugungi kunda [öşa paytga nisbatan] bitta amal qilinmayotgan jihat bor. Taşqi havo harorati e’tiborga olinmagan holda, ijtimoiy soha obektlarida 15 oktyabrdan isitiş yoqilişi kerak bölgan. Şu narsaga oxirgi yillarda amal qilinmayapti.













