Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi raisi Abduşukur Abdullayev Oliy Majlis Qonunçilik palatasida bölib ötgan “Hukumat soati”dagi hisobotida şu haqida ma'lum qildi.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev sud jarayonlarida fuqarolar tomonidan özboşimçalik bilan egallab olinganini isbotlaşda Google Maps ma'lumotlaridan asosiy dalil sifatida foydalanilayotganini ta'kidlab, bu qançalik qonuniyligi, qömita va Google korporatsiyasi örtasida bu borada kelişuv şartnomasi bor-yöqligi bilan qiziqdi.

«Google Maps ma'lumotlari bizda rasmiy axborot manbasi sifatida röyxatdan ötmagan. Lekin ular bilan birga işlab kelyapmiz. Bizda milliy geografik axborot tizimi şakllantirilgan. Öşa böyiça yerlarning 21 ta qavati bor. Rejamizga köra, aynan Google korporatsiyasi bilan birgalikda bizdagi resursdan foydalaniladigan qilmoqçimiz. Biroq bunda bitta xalal beradigan omil bor edi. Birinçidan ularni röyxatga oliş, ikkinçidan, ularga beriladigan ma'lumotlarning hammasi oçiq bölişi kerak edi.
2020 yilning 12 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining yangi qarori qabul qilindi, unga köra bizga imkon yaratildi. Google’dan olinayotgan ma'lumotlar qöşimça ma'lumot sifatida işlatiladi. Çunki Özbekiston yerlarning holati koinotdan turib tasvirga olinmagan. Biz koinotdan olingan oxirgi tasvirlarni uç yil oldin oldik. Yerlarning özboşimçalik bilan egallab olinganini aniqlaşda qişloq xöjaligi xaritalari, navbatçi xaritalar va bazamizdagi ma'lumotlardan foydalanamiz», deydi u.
Avvalroq 2 mart holatiga köra, Özbekistonda özboşimçalik bilan egallab olingan 7948 gektar ekin maydonidan qariyb 30 foizi qaytarilgani ma'lum qilingan edi.
















