Kriminologiya tadqiqot institut boşliği polkovnik, yuridik fanlari doktori Baxtiyor Berdialiyev ma’lum qilişiça, Kriminologiya institutida bajarilgan ilmiy-tadqiqot loyihasi natijasida uy qamoği ehtiyot çorasi va ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan şaxslarni masofaviy nazorat qilişga möljallangan metodika, elektron braslet qurilmasi va dasturiy ta’minot işlab çiqilib, intellektual mulk obekti hujjatini (patent) oliş, elektron brasletni işlab çiqariş va tijoratlaştiriş böyiça kompleks çoralar amalga oşirilmoqda.
Elektron kuzatuv vositasi (elektron braslet) — ozodlikni çeklaş tarzidagi jazoga hukm qilingan şaxsni masofadan turib nazorat qilişga möljallangan, qölga yoki oyoqqa taqiladigan elektron qurilma.
2024 yilning avgustida prezident “Probatsiya töğrisida”gi qonunni imzoladi. Unga köra, elektron kuzatuv vositasi (elektron braslet) ozodlikni çeklaş tarzidagi jazoni ötaş tartibi talablarini bajarmayotganligi töğrisida rasmiy ravişda ogohlantirilgan yoki ozodlikni çeklaş tarzidagi jazoni ötaş davrida jamoat tartibini buziş bilan boğliq huquqbuzarliklar uçun ma’muriy javobgarlikka tortilgan probatsiya nazoratidagi şaxsga nisbatan tuman (şahar) probatsiya bölinmasi boşliğining qarori asosida qöllaniladi.

















