Suriyada vaziyat keskinlaşdi. Hukumat kuçlari 8 yil avval qonli janglar natijasida qaytarib olgan Halabni uç kunda kuraşsiz taşlab çiqişdi. Asadning asosiy ittifoqçilari Rossiya va Eron hozir kimgadir yordam beradigan ahvolda emas. Bu voqealarga Turkiyaning aloqasi borligi haqida gaplar köpaygan.

"Hay’at Tahrir aş-Şom" harakati yetakçiligidagi guruhlar Halabni qölga olgaç, Idlibga hujumga ötdi va bu şahar ham ularning nazoratiga ötgani aytilmoqda. Ularga hukumat kuçlari va Rossiya harbiylari havo zarbalari berib qarşilik qilyapti. Suriya mudofaa vazirligi qarşi hujumga tayyorlanayotgani haqida bayonot berdi. Bu orada Başar Asad Moskvaga qoçgani haqida xabarlar tarqaldi, lekin bu xabarlar tasdiqlanmagan.

Hozirça poytaxt Damaşq xavf ostida qolişi haqida gap yöq, lekin Halabni uç kunda olgan kuçlar poytaxtga ham hujum qilib körişini istisno qilib bölmaydi. Ular noyabr oyi oxirida boşlagan hujumlari davomida köplab qurol omborlarini egallab oldi, hatto qiruvçi samolyotlar va Rossiyada işlab çiqarilgan tanklarni ham qölga kiritişgan.

Ötkir Jalolxonov tayyorladi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov