Shavkat Mirziyoyev 2 dekabr kuni «Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Farmon bilan Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning yangilangan tarkibi hamda Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkiblari tasdiqlandi.

Prezident farmoniga muvofiq Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning yangilangan tarkibi quyidagicha bo‘ldi:

  • Abdulla Aripov — O‘zbekiston bosh vaziri, milliy komissiya raisi;
  • Mansurbek Olloyorov — prezident maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori, milliy komissiya raisi o‘rinbosari;
  • Shahnoza Mirziyoyeva — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, milliy komissiya raisi o‘rinbosari;
  • Rustam Jo‘rayev — Milliy gvardiya qo‘mondoni, milliy komissiya raisi o‘rinbosari;
  • Zulayho Mahkamova — bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;
  • Orzigul Qozixonova — Oliy Majlis Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi (kelishuv asosida);
  • Nodir Jumayev — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi (kelishuv asosida);
  • Isroil Adhamov — bosh prokuror o‘rinbosari;
  • Hilola Umarova — maktabgacha va maktab ta’limi vaziri;
  • Qo‘ng‘irotboy Sharipov — oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri;
  • Po‘lat Bobojonov — ichki ishlar vaziri;
  • Asilbek Xudayarov — sog‘liqni saqlash vaziri;
  • Ozodbek Nazarbekov — madaniyat vaziri;
  • Adham Ikramov — sport vaziri;
  • Sherzod Shermatov — raqamli texnologiyalar vaziri;
  • Botir Zohidov — kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri;
  • Shuxrat Xalmuxamedov — mudofaa vaziri;
  • Ilhom Norqulov — iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari;
  • Qahramon Quronboyev — O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi;
  • Sodiq Toshboyev — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi;