Mirzo Uluğbek tumani, Dörmon yöli—Ğazalkent köçalari kesişgan çorrahada 5 dekabr kuni soat taxminan 08:48 larda YTH sodir bölgan.

1992 yilda tuğilgan haydovçi Ş.U. boşqaruvidagi Lacetti hamda 2003 yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvida bölgan Nexia-3 avtomaşinalari töqnaşgan. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yöq.
Şuningdek, 5 dekabr kuni soat 10:21 larda Yunusobod tumani, Yangişahar köçasi köprik ustida ham avariya sodir bölgan.

Haydovçi 1972 yilda tuğilgan I.G. boşqaruvidagi Lacetti, haydovçi 2003 yilda tuğilgan R.R. boşqaruvidagi Nexia va 1989 yilda tuğilgan B.T. boşqaruvidagi Volkswagen Caddy avtomaşinalari töqnaşdi.
Hodisa oqibatida Volkswagen Caddy’da yonğin kelib çiqqan. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yöq.
Holatlar yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.











