Davlat rahbarining ötgan yil 10 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, “Özbekiston temiryöllari” aksiyadorlik jamiyati transformatsiya qilinmoqda. Jamiyat tarkibida infratuzilma, vagon xizmati, yölovçi taşiş kabilar bilan şuğullanuvçi 6 ta mustaqil korxona iş boşladi. 

Poyezdlar parki ham kengaytirilmoqda. Ayniqsa, yölovçi taşişda aholi va turistlarga qulayliklar oşirilmoqda. Yangi poyezdlar olib kelindi. Toşkentdan Samarqand, Buxoro, Qarşi kabi tarixiy şaharlarga “Afrosiyob” elektropoyezdlarining qatnovlari köpaytirildi. 

Ötgan davrda 3 ming kilometrdan ziyod temiryöllar elektrlaştirildi. Buxoro – Urganç – Xiva temiryöl tarmoqlarini elektrlaştiriş yakuniy bosqiçda. Miskin – Nukus yönalişida jadal davom ettirilmoqda. Toşkent atrofida ham elektrlaşgan yöl qurilib,  poyezdlarni ötkaziş imkoniyati 30 foizga oşdi.

Endi “Toşkent – Xöjakent” yönalişida yangi elektropoyezd qatnovga qöyilmoqda. Davlat rahbari uşbu poyezdga çiqib, harakatlanişi va qulayliklarini kördi.

Vagonlar şinam va yoruğ, yölovçilar uçun qulay. Örindiqlar soni 586 ta. Ma’lumot tablolari va yonğin xavfsizligi tizimi örnatilgan. Poyezd soatiga 120 kilometrgaça tezlikka çiqa oladi. Har bir tarafga kuniga uçtadan qatnov yölga qöyiladi.

Safar çoğida davlat rahbari temiryöl infratuzilmasini rivojlantiriş, yölovçilar uçun şaroitlarni yaxşilaş, temiryöllarni elektrlaştiriş va ularga tutaş hududlarni obodonlaştiriş böyiça mutasaddilarning hisobotlarini tingladi.

Toşkent va Xojikent oraliğidagi temiryölga tutaş maydonlarni 2025 yilgi renovatsiya dasturiga kiritib, ularni tartibga keltirişga körsatma berildi. Yönalişdagi egri qismlarni töğri qilib qayta quriş orqali kunlik ekspress poyezdlar qatnovini köpaytiriş va köproq yölovçilarga xizmat körsatiş uçun şaroit yaratiş topşirildi. 

"Yaşil makon" loyihasi doirasidagi işlar ham muhokama qilindi. Temiryöl çetlarini kökalamzorlaştiriş, suv resurslari çeklangan hududlarda xorijiy tajriba asosida qurğoqçilikka çidamli ösimliklarni ekiş, çet eldan faqat mahalliy iqlimimizga mos bölgan köçatlarni keltiriş zarurligi qayd etildi.