Rossiyada global tarmoqdan uzilgan taqdirda «Runet xavfsizligi va barqarorligini» tekşiriş uçun navbatdagi maşqlar ötkazilmoqda. Bu haqda 6 dekabr, juma kuni Roskomnadzor (RKN) matbuot xizmati «Interfaks» davlat agentligiga ma’lum qildi. Maşqlar Rossiya Federatsiyasining kamida uçta tarkibiy tuzilmasi — Çeçeniston, Doğiston va Inguşetiyada bölib ötmoqda, dedi «Energoinform» internet provayderi xodimlari «Ostorojno, novosti» naşriga.
Telegramʼga kiriş uç mintaqada bloklangan
RKNning tuşuntirişlari körsatilgan uçta hududda Telegram va Whatsapp messenjerlariga kiriş vaqtinçalik bloklangani haqidagi xabarlardan keyin taqdim etildi. «Ellko» operatoriga köra, çeklovlar 24 soat, 7 dekabr, şanba kuni soat 16.00 gaça davom etadi.
«Maşğulotlarning maqsadi – taşqi ta’sirlar yuzaga kelgan taqdirda Rossiya internet-infratuzilmasining asosiy xorijiy va Rossiya xizmatlarining mavjudligini ta’minlaşga tayyorligini tasdiqlaş», — deya ma’lum qildi Roskomnadzor va maşğulotlar 2019 yildan beri muntazam ravişda ötkazib kelinayotganini qöşimça qildi.
Noyabr oyi örtalarida Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki banklar va hisobot beruvçi taşkilotlarga xat yubordi, unda 2024 yilda Runetni xorijiy tarmoqdan uziş maşqlari «ayrim mintaqalar hududlariga» ta’sir qilişi aytilgan. Şu munosabat bilan Markaziy bank taşkilotlarga Roskomnadzorga global internet bilan ulanişni talab qiladigan «texnologik jarayonlar» haqida hisobot berişni tavsiya qildi.
Runetni global tarmoqdan uziş böyiça oldingi maşq RKN tomonidan 2023 yil iyul oyida ötkazilgan. Ularning natijalari «muvaffaqiyatli» deb topildi.












