Suriya prezidenti Başar Asad noma’lum yönalişda Damaşqni tark etgan. Bu haqda Reuters agentligi suriyalik yuqori martabali zobitlarga asoslangan holda xabar tarqatdi.
7 dekabr kuni keçqurungi holatga köra Başar Asad qayerdaligi noma’lum. CNN manbasi ham Asad Damaşqning «uni topiş mumkin bölgan biror joyida yöqligi»ni aytgan.
Telekanal manbasiga köra, prezident gvardiyasi ham Asad yaşaydigan joyda emas. Qoidaga köra, gvardiyaçilar Suriya prezidentiga doimo, jumladan safarlar çoğida ham hamrohlik qiladi. Gvardiya Asad qarorgohida emasligi u şaharni tark etganini bilvosita tasdiqlaşi mumkin.
Ofisi Buyuk Britaniyada joylaşgan Suriyadagi inson huquqlarini monitoring qiliş markazi (SOHR) ham Damaşq aeroportidan uçgan xususiy samolyot katta ehtimol bilan Asadni olib ketganini taxmin qilgan. Ma’lum qilinişiça, uşbu parvozdan keyin aeroportda turgan hukumat qöşinlari evakuatsiya qilingan.
Avvalroq The Wall Street Journal manbaga asoslanib, Asadning rafiqasi va farzandlari Moskvaga, uning kuyovi — BAAga jönab ketgani haqida xabar tarqatgandi. Öşa vaqtda WSJ manbalari Asad hamon Suriyada qolayotganini aytişgandi.
Suriya boş vaziri hokimiyatni topşirişga tayyor
Suriya boş vaziri Muhammad Ğoziy al-Jaloliy Suriya xalqi tanlagan har qanday rahbariyat bilan hamkorlik qilişga va hokimiyatni «ötkaziş» böyiça har qanday çoralarni körişga tayyorligini aytdi, deb xabar bermoqda Saudiyadagi Al Arabiya telekanali.
«Bu mamlakat öz qöşnilari va butun dunyo bilan yaxşi munosabatlar qurgan normal mamlakat bölişi mumkin (...), ammo bu masalani Suriya xalqi saylagan har qanday rahbariyat hal qilişi kerak böladi. Biz barça zarur şart-şaroitlarni ta’minlaş uçun u bilan hamkorlik qilişga tayyormiz», — degan hukumat rahbari feysbukdagi strim vaqtida.
U «Suriya davlatçiligining barça institutlari»ni saqlab qolişga çaqirib, kelgusidagi davlat boşqaruv işlarini qöllab-quvvatlaşga tayyorligini aytgan.
Şu bilan birga, al-Jaloliy özi heç qanday mansab va imtiyozlarga muhtojmasligini, öz uyida ekani va heç qayerga ketmoqçi emasligini ta’kidlagan.


















