Suriya prezidenti Başar Asad aviahalokat qurboniga aylangan bölişi mumkin, bu haqda Reuters agentligi respublikadagi ikki manbasiga asoslanib xabar tarqatdi. Xuddi şu vaqtda agentlik manbasi samolyot ekipaji transpondyorni ataylab öçirib qöygan bölişi va şu tufayli bort radarlardan yöqolgan bölişi mumkinligini istisno etmaydi.

«U radarlardan yöqoldi, transponderi öçirilgani uçun bölişi ham mumkin, ammo men samolyot katta ehtimol bilan urib tuşirilgan deb hisoblayman», — deya suhbatdoşning sözlarini keltirgan agentlik.

Agentlik Flightradar24 servisi ma’lumotlariga asoslanib, Damaşq isyonçilar qöliga ötişidan biroz oldinroq Syrian Air aviakompaniyasining Il-76 rusumli samolyoti mahalliy vaqt bilan 8 dekabrga ötar keçasi soat 4:55 da Suriya poytaxti aeroportidan uçib ketganini yozgan. Samolyot bortida kim bölgani oxirigaça aniq emas. Bu prezident Başar Asad bölgani taxmin qilinmoqda.

Samolyot avvaliga şarqqa, Iroq bilan çegara tomon uçgan, keyin esa birdaniga şimoli-ğarbga burilib, mamlakatning Asadga moyil bölgan alaviylar nazorati ostidagi, Rossiya harbiy bazalari joylaşgan hududlari tomon uça boşlagan, şundan keyin Homs yaqinida radarlardan yöqolib qolgan. Bu şaharni şu kunlarda isyonçilar öz nazoratiga olgandi.

FlightRadar ma’lumotiga köra, radarlardan ğoyib bölişidan oldin samolyot parvozi balandligi va tezligi asta-sekinlik bilan 2,6 km va 64 km/soatgaça pasaygan.

Bort oxirgi bor közga taşlangan hudud yaqinida, Al-Qusayrda Suriya harbiy-havo kuçlari aviabazasi joylaşgan. Bu hudud hozirda isyonçilar qöliga ötgan, aviabaza kimning qölida bölgani esa ma’lum emas.

Suriya boş vaziri Muhammad Ğoziy al-Jaloliy prezident qayerda ekanidan xabardor emasligi, u oxirgi bor 7 dekabr kuni aloqaga çiqqanini aytgan. Boş vazir Damaşqda qolgan, u hokimiyatni tinç yöl bilan topşirişga tayyorligi, poytaxtni egallagan isyonçilar qömondonligi bilan aloqa örnatgani hamda mamlakatda zudlik bilan navbatdan taşqari saylovlar ötkaziş lozimligini ma’lum qilgan.