AQSh Suriyada IShIDning 75 tadan ortiq obektiga zarba berdi
Hujumdan maqsad IShIDning Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan so‘ng Suriyadagi mavjud beqaror vaziyatdan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik, deya ma’lum qildi AQSh Markaziy qo‘mondonligi.

Foto: Sra Duncan C. Bevan/U.S Air/ZUMA/picture alliance
Bashar Asad rejimi qulagach, AQSh kuchlari 8 dekabr, yakshanba kuni Suriyaning markaziy qismidagi IShIDning 75 dan ortiq obektlariga zarbalar berdi. Hujumdan maqsad IShIDning mamlakatdagi mavjud beqaror vaziyatdan foydalanishga urinishlarining oldini olish edi, deya tushuntirdi AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM).
Operatsiyada B-52 strategik bombardimonchi samolyotlari, F-15 qiruvchi samolyotlari va A-10 hujumkor samolyotlari ishtirok etdi. «Suriyadagi barcha guruhlar, agar ular IShID bilan hamkorlik qilsa yoki biron-bir tarzda qo‘llab-quvvatlasa, biz ularni javobgarlikka tortishimizni tushunishi kerak», dedi CENTCOM qo‘mondoni Maykl Kurilla matbuot bayonotida.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Suriyada Asad rejimining qulashini «asosiy adolat akti» va shu bilan birga, «xatar lahzasi» deb atagan edi. «IShID hozirgi vaziyatdan foydalanishga harakat qiladi va bo‘shliqni to‘ldirishga urinadi, biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz», dedi u Oq uydagi nutqi chog‘ida. U, shuningdek, Asadni hokimiyatdan mahrum qilgan ba’zi guruhlar o‘tmishda terrorizm va inson huquqlari buzilishiga aloqador bo‘lganini qo‘shimcha qildi.
Suriyada isyonchilar hokimiyatni egalladi
Qurolli guruhlar noyabr oyi oxirida Suriya prezidenti Bashar Asad hukumat kuchlariga qarshi keng ko‘lamli hujum boshladi. Bir necha kun ichida ular bir qancha yirik shaharlarni nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lishdi. 8 dekabr kuni Suriya isyonchilari davlat televideniyesi orqali poytaxt Damashqqa kirib, Bashar Asad rejimini ag‘darganliklarini e’lon qildi. Damashqqa yurish bilan bir vaqtda isyonchilar ittifoqi mamlakatning shimoli va shimoli-sharqiga yo‘l oldi.
Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Asad «prezidentlik lavozimini tark etishga qaror qilgan» va Suriyani tark etgan. TASS agentligi o‘z manbalariga tayanib, u oilasi bilan Moskvada ekanini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT
Jahon | 01:32
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
Mavzuga oid

13:25 / 18.04.2025
NYT: AQSh Suriyadan 600 nafar harbiy xizmatchisini olib chiqib ketyapti

17:47 / 17.04.2025
Bashar Asad Suriyadan qochish vaqtida o‘zi bilan maxfiy ma’lumotlarni olib ketgan - Reuters

17:08 / 17.04.2025
Suriyada davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi

00:07 / 16.04.2025